
Foto: Chingis Kondarov / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainadagi «maxsus operatsiya»ning ikkinchi bosqichida Rossiya qo‘shinlarining asosiy vazifasi Donbass va Ukraina janubida to‘liq nazorat o‘rnatish va Qrimga quruqlik yo‘lagini ochishdir. Bu haqda Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi Rustam Minnekayev ma’lum qildi.
Maxsus operatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanganidan beri (u ikki kun oldin boshlangan) Rossiya armiyasining vazifalaridan biri Donbass va Ukraina janubida to‘liq nazoratni o‘rnatish bo‘lib qolmoqda. Bu Qrimga quruqlik yo‘lagini ochish, shuningdek, Ukraina iqtisodiyotining muhim ob’ektlariga ta’sir o‘tkazish imkonini beradi.
«Aftidan, biz hozir butun dunyo bilan urushdamiz... Ular hech qachon Rossiyani yoqtirishmagan», — dedi Minnekayev.
Eslatib o‘tamiz, 18 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Donbass uchun jang boshlanganini e’lon qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar