
Foto: Reuters
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin 24 aprel kuni Kiyevga tashrif buyuradi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
"Ertaga Kiyevga AQSH vakillari uchib keladi, men AQSH davlat kotibi janob Blinken va mudofaa vaziri bilan uchrashaman", - dedi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda prezident Jo Baydenning Ukrainaga tashrifi masalasi ko‘tarilishi mumkin.
Ukraina prezidentining qayd etishicha, "Ukrainaga zarur qurollar ro‘yxati va ularni yetkazib berish sur’ati muhokama qilinadi". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar