1 566
Ukraina prezidenti ofisining vakili Rossiya neftbazalari va omborlaridagi portlashlar haqida
Mixail Podolyak
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezident ofisi rahbarining maslahatchisi, Rossiya—Ukraina tinchlik muzokaralari ishtirokchisi Mixail Podolyak ijtimoiy tarmoqda Rossiya bilan chegaradosh viloyatlarda yuz bergan portlashlar to‘g‘risida fikr bildirdi.
Podolyak Belgorod, Voronej va Kursk viloyatlaridagi o‘q-dorilar omborlari portlayotganini va yirik yonilg‘i bazalari «vaqti-vaqti bilan» yonib ketayotgani qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bular — Ukrainadagi Rossiya kuchlarining zirhli transport vositalarini yonilg‘i bilan ta’minlaydigan bazalar.
«Belgorod, Voronej, Kursk viloyatlari ham endi «demilitarizatsiya» tushunchasini faol o‘rganishni boshlamoqda. Qurolsizlanish ... Qanday tushuntirsam ekan? Juda oddiy. Agar siz (rossiyaliklar) boshqa davlatga ommaviy hujum qilishga, u yerdagi barchani ommaviy ravishda o‘ldirishga, tinch aholini tanklar bilan tor-mor etishga va qotilliklarni ta’minlash uchun hududlaringizdagi omborlardan foydalanishga qaror qilsangiz, ertami-kechmi buning badalini to‘lash kerak bo‘ladi. Rossiya harbiylarining Ukrainadagi bunday intensiv va keng ko‘lamli bosqini panada qolmaydi. Va shuning uchun qotillarning Belgorod-Voronej omborlari qurolsizlanishi — mutlaqo tabiiy jarayondir. Karma shafqat bilmaydi».
Maslahatchi o‘z postida Ukrainaning Rossiya bilan chegaradosh hududlardagi portlashlarga aloqadorligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiqlamadi ham inkor ham etmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hududlardagi «harbiy infratuzilma»ning yo‘q qilinishi sabablari «butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin». «Muqaddas hafta (Pasxadan oldingi hafta — tahr.) davomida Ukrainaning Mariupol shahrida odamlarni ommaviy ravishda o‘ldirgan gunohkorlarning ishlariga ilohiy aralashuvdir balki», — deyiladi postda.
Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiyaning chegaradosh viloyatlari, jumladan Belgorod, Kursk va Voronej hukumatlari bir necha bor o‘qqa tutilgani haqida xabar berishgan, ularga ko‘ra, hujumlar Ukraina tomonidan amalga oshirilgan. 11 apreldan boshlab ushbu hududlarda terrorchilikning yuqori (sariq) xavfi amal qilmoqda.
1 aprel kuni Belgoroddagi neft bazasida yong‘in sodir bo‘lgandi. Rossiya hukumati bunga Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita vertolyotidan berilgan aviazarba sabab bo‘lganini aytdi. Ukraina tomoni buni rad etdi. 25 aprel kuni yana bir neft bazasi — Bryanskdagi baza yonib ketdi. Yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmagan.
27 aprelga o‘tar kechasi Belgorod, Kursk va Voronej viloyatlarida portlash ovozlari eshitildi. Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Belgorod yaqinida o‘q-dorilar ombori yonib ketgan. Kursk va Voronej viloyatlari hukumati havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlaganini ma’lum qilgan. Voronej gubernatori Aleksandr Gusevning so‘zlariga ko‘ra, natijada razvedkachi dron yo‘q qilingan. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!