993
O‘zbekiston imom-xatiblarining Amerikadagi vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlari davom etmoqda
Mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi mas’ul xodimlaridan iborat delegatsiya Amerikaning Nyu-York, Ohayo va Illinoys shaharlarida bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan birgalikda muqaddas Ramazon oyiga bag‘ishlangan marosimlarda qatnashdi.
Xususan, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakillari Nyu-York shahrining Bruklin tumanida «Mahalla USA» va «Vatandosh» nodavlat notijorat tashkilotlari, yangi tashkil etilgan «Abu Hanifa Islom markazi» jamiyati rahbarlari va faol yurtdoshlarimiz tomonidan yangi bunyod etilgan «Abu Hanifa Islom markazi» masjidining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi. Ushbu tadbirda 600 nafardan ortiq vatandoshlarimiz qatnashdi.
Nyu-York shahrida O‘zbekiston imom-xatiblari 2016 yili «Mahalla USA» nodavlat notijorat tashkiloti huzurida tashkil etilgan «Ziyo Art» o‘quv markazi va «Paxtakor-Nyu-York» klublari faoliyati bilan tanishdi. Markazda tahsil olayotgan yosh bolalar va ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi. Unda imom-xatiblar yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash, farzandlarning odobi, ahloqi va ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Nyu-York shahridagi «Da Mikelle Palazzo» markazida bo‘lib o‘tgan iftorlik avvalida O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchisi Javlon Vahobovning tabrigi elchixona xodimlari tomonidan o‘qib eshittirildi. Unda vatandoshlarimiz muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan qutlangani barobarida mamlakatimiz taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarilgani hamda yurtimizda yangi davlat barpo etish yo‘lida tarixiy ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. AQSHdagi vatandosh uyushmalari bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalar amalga oshirilayotgani ham qayd qilindi, vatandoshlarimizning mamlakatimiz nufuzini oshirishga, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizni saqlab qolgan holda yurtimizning boy ilmiy, madaniy-ma’naviy merosini targ‘ib etishga qo‘shib kelayotgan hissalari e’tirof etildi.
O‘z navbatida, vatandosh tashkilotlar faollari AQSHdagi yurtdoshlarimizni tarixiy Vatan atrofida jipslashtirish uchun o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.
Ulamolarimiz Ohayo shtatidagi Sinsinnati shahriga safar doirasida qurilishi rejalashtirilayotgan «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidiga tamal toshini qo‘yish ma’rosimida ishtirok etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari yangi tashkil etilayotgan «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf islom markazi» va masjidi qurilishiga mablag‘ to‘plash uchun AQSH hududida keng ommalashgan «Fund-rayzing» (mablag‘ to‘plash) xayriya ma’rosimida ham qatnashdi.
Vatandosh tashkilotlar rahbarlari, ko‘plab yurtdoshlarimiz qatnashgan ushbu tadbirni «Greater Cincinnati» Islom markazi direktori Ashraf Tarabilsiy ochdi. U O‘zbekiston zaminidan Islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shgan ko‘plab ulomalar yetishib chiqqanini alohida ta’kidladi. «Bugungi kunda mamlakatda muqaddas Islom dinimizga qaratilayotgan e’tibor uchun O‘zbekiston rahbariyati va din ullamolariga minnatdorlik bildiramiz», dedi Ashraf Tarabilsiy.
Ohayo shtatida istiqomat qilayotgan 800 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirokida tashkil etilgan iftorlikda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakillari tomonidan yurtimizda so‘nggi yillar davomida diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarimizning diniy erkinlarini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar, soha yangiliklari haqida fikr yuritdi.
Mingdan ortiq musulmon ishtirokida o‘tgan taroveh namozidan so‘ng ma’ruza bilan chiqish qilgan o‘zbekistonlik imomlar an’anaviy islom mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, ushbu tadbirlar doirasida o‘tkazilgan davra suhbatlarida vatandoshlarimizni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
O‘zbekiston ulamolarining navbatdagi manzili Illinoys shtatining Chikago shahri bo‘ldi. Safar doirasida Chikagoda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi «Chikagodagi O‘zbekiston – Amerika» assotsiatsiyasi huzurida tashkil etilayotgan «Al-Buxoriy islom markazi» faoliyati bilan ham tanishdi. Bu yerda o‘tkazilgan tadbirda «Chikagodagi O‘zbekiston – Amerika» assotsiatsiyasi rahbari O.Sharipov Islom markazi uchun sotib olingan majmua bilan tanishtirdi. Majmuada tashkil etilgan madaniyat markazi, kutubxona va Qur’on o‘qish kurslari xonalari ko‘zdan kechirildi. Qur’on kurslarida 50 nafarga yaqin o‘quvchiga tahsil berish imkoniyati borligi, keyinchalik ushbu o‘quv markazida Chikagoda yashab kelayotgan 2 mingga yaqin o‘zbek oilalari uchun bog‘cha va boshlang‘ich maktab tashkil etish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Vatandoshlarimiz Amerikaa o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish hamda yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirishga tayyor ekanini bildirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari «Shalimar Banquets» majmuasida Al-Buxoriy islom markazi faollari tomonidan tashkil etilgan «Fund-rayzing» xayriya ma’rosimini yakuniy qismida ham qatnashdi. Ushbu majmuada iftorlik tadbiri tashkil etildi. Unda 400 nafardan ortiq vatandoshlar va xorijiy mamlakatlar fuqarolari ishtirok etdi.
Amerika zaminidagi samimiy va amaliy ruhda o‘tgan uchrashuvlarda diasporal tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, vatandoshlar ishtirokida o‘zbekistonlik imom-xatiblarini jalb qilgan holda turli tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga safari 2 mayga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!