Omlet, qovurilgan tuxum, shakshuka... Tuxumni hamma yaxshi ko‘radi, shuningdek, ular menyuda oqsilning ajoyib manbai hisoblanadi. Bularning bari rost, lekin bir nechta nyuanslar ham bor!
Tuxum past kaloriyali, minimal qayta ishlangan oziq-ovqat hisoblanadi. Bitta tuxumda 6 gramm sof, yuqori darajada hazm bo‘ladigan oqsil, mono to‘yinmagan yog‘lar, miya uchun foydali bo‘lgan xolin, ko‘z uchun zarur bo‘lgan lutein va zeaksantin, antioksidantlar va juda oz miqdorda natriy mavjud.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tuxum iste’mol qilishga tayyor odamlar sog‘lom ovqatlanishga moyil. Umuman olganda, tuxum organizm uchun foydalidir. Ammo uni ko‘p iste’mol qilish yurak, buyrak kasalligi yoki diabetga chalinganlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Parhezshunoslar haftada 7 dan 12 gacha tuxumni iste’mol qilish standart xavfsiz miqdor deb hisoblashadi. Ammo har qanday vaziyatda qat’iy miqdorni faqat davolovchi shifokor individual sog‘liqning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlaydi.
Tuxumga asoslangan monodiyetaga o‘tirishdan yoki har qanday tushunarsiz vaziyatda qaynatilgan tuxumni iste’mol qilishdan oldin uning “dozasini oshirib yuborish” sog‘liq uchun beshta xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida bilib oling.
Xolesterinning yuqori darajasi
Bu boradagi bahslar o‘nlab yillarki davom etib kelmoqda va so‘nggi ma’lumotlar xolesterin borasida tuxumni to‘liq oqlaganga o‘xshaydi. Qondagi xolesterinning ko‘p qismi jigar tomonidan ishlab chiqarilishi va oziq-ovqatdan kelib chiqmasligini qayd etish kerak, shu bois bu o‘rinda individual metabolizm hal qiluvchi omil bo‘lib qoladi. Ammo o‘rtacha kattalikdagi tuxumda 190 mg xolesterin mavjud. Bu ko‘p. Yog‘lardan cheklanmasangiz, fastfudlarni va qayta ishlangan oziq-ovqatlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilsangiz, hisob sizning foydangizga yozilmaydi, aksincha, tez fursatlar ichida vazn yig‘a boshlaysiz. Yana bir ma’lumot — xolesterin faqat tuxum sarig‘ida mavjud.
Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi
Bu parametr oldingisiga bevosita bog‘liq — xolesterin qon tomirlarini halok qiladi. Va shu bois yurak uchun zararli. Ammo tadqiqotlar buni aniqroq isbotladi — (eksperimentda 500 ming xitoylik katta yoshlilar ishtirok etdi) kuniga bitta tuxum yurak-qon tomir kasalliklari ehtimolini kamaytiradi. Bordi-yu, odam kuniga 3-4 tuxum iste’mol qilsa, bu avtomatik ravishda uni xavf ostiga qo‘yadi.
Ortiqcha vazn
Ha, tuxum sog‘lom oqsil manbai, lekin faqat sabzavot bilan iste’mol qilingan taqdirda. Oddiy uglevodlar va yog‘lar, ayniqsa, qayta ishlanganlar bilan birgalikda, tuxum oqsili va sarig‘i ortiqcha vaznni keltirib chiqaradigan omillardan biriga aylanadi.
Qandli diabet rivojlanish xavfi
Amerikaning Diabetes Care jurnalida e’lon qilingan tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, haftasiga yettitadan ortiq tuxum iste’mol qilish 2-turdagi diabet xavfini oshiradi.
Zararli oziq-ovqatga qaramlik
Bunday qaramlik shuki, menyuda tuxum qancha ko‘p bo‘lsa, ulardan tayyorlanadigan taomlarning zararli bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Tuxumni o‘zini pishirish uning ozuqaviy qiymatini o‘zgartirmaydi, lekin uni nima bilan pishirganingiz muhim. Tuxum asosan ko‘p sariyog‘da qovuriladi va natriy miqdori yuqori bo‘lgan kolbasa yoki sosiska bilan birga iste’mol qilinadi.
Shu tariqa tuxum beixtiyor ortiqcha miqdorda to‘yingan yog‘, natriy va kaloriyalarni iste’mol qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi