14:30 / 05.03.2024
301

Xotin-qizlar bayramida berish mumkin bo‘lgan top-10 sovg‘a

Xotin-qizlar bayramida berish mumkin bo‘lgan top-10 sovg‘a
Bayram arafasida Sputnik O‘zbekiston muxbiri 8 mart kuni ayol-qizlar qanday sovg‘a olishni hohlashlarini aniqlashtirdi va turli narhlardagi sovg‘alar uchun g‘oyalarni jamladi.

Aqlli kolonka
Ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketgan multimedia gadjeti egasining ovozli buyruqlarini bajaradi. Qurilma bilan turli mavzularda gaplashish, musiqani yoqish va o‘chirishni so‘rash, istalgan savolni berish va javob olish, shuningdek, yangiliklarni tinglash va tirbandliklar haqida ma’lumot olish mumkin. Bundan tashqari, ota-onalarning kuzatishlariga ko‘ra, bolalar ham aqlli gadjet bilan gaplashishni yaxshi ko‘radilar.
Narxi: 1 mln 599 ming so‘mdan boshlanadi.

Spa yoki do‘kon uchun sertifikat
Yana bir yoqimli sovg‘a – parvarishlash protseduralari uchun sertifikat. Qizlar massaj yoki kosmetolog xizmatlari uchun sertifikat olish g‘oyasini ma’qullaydilar. So‘rovnomada ishtirok etganlarning ba’zilari mashhur brend, qimmatbaho kosmetika do‘konining sertifikatlariga ega bo‘lishni xohlashadi.
Narxi: 250 ming so‘mdan.

Soch turmaklash uchun go‘zallik gadjetlari
Eng maqbul bo‘lgan sovg‘alar orasida – multistayler, fen va ployka o‘rin olgan. Asosiysi, mahsulot sifatiga e’tibor berishdir. Bozorda yoki tasdiqlanmagan do‘konlarda qurilmalarni sotib olish va haridga mablag‘larni tejash maslahat berilmaydi. Do‘konda bizga berilgan ma’lumotga ko‘ra, soch turmaklash moslamalarining narxi mahsulotlarning sifati va sochlarga yetkazadigan zarari bilan belgilanadi. Zarar qanchalik kam bo‘lsa, qurilma shunchalik qimmatroq bo‘ladi.
Narxi: 500 ming so‘mdan boshlanadi.

Byuti-yostiq
Bu yostiq egasiga go‘zallikni saqlab qolish va uyqudan keyin shishlarni oldini olishga yordam beradi. Byuti-yostiq – bu ortopedik yostiqning bir turi. U turli shakllarda bo‘ladi. Qoidaga binoan, bunday yostiqlar xotira effektiga ega va boshni to‘g‘ri holatda ushlab turadi. Bunday yostiqlardan foydalanuvchilar bo‘yinda kamroq og‘riq his qilishlarini, uyg‘onganidan keyin bo‘yin va yuzdagi ajinlarning kamayishini qayd etishdi. Bundan tashqari, stilistlar ham bunday yostiqlarning afzalliklari haqida gapirishadi. Ular soch sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan ipak matoli yostiqni tanlashni tavsiya qiladilar.
Narxi: 220 ming so‘mdan.

Aksessuarlar
Noutbuk, planshet va telefon uchun g‘ilof ham qizlar uchun yoqimli sovg‘adir. U charm, material yoki plastmassadan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘plab zamonaviy noutbuk g‘iloflari mustaqil aksessuarga aylanadi va sumka ko‘rinishida bo‘ladi.
Narxi: 200 ming so‘mdan.

Turli xil choy yoki shokolad
Yaxshi choylar yoki turli xil shokoladlar to‘plami alohida sovg‘a yoki asosiysiga yaxshi qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. Agar noodatiy sovg‘a berishni xohlasangiz, choy marosimi to‘plamini yoki shokolad haykalcha berishingiz mumkin.
Narxi: 250 ming so‘mdan.

Raqamlar bo‘yicha rasm chizish
Bunday rasmni bo‘yash uchun tasviriy san’at bo‘yicha ko‘nikmalar talab qilinmaydi va tayyor bo‘lgan rasm uyning dekoratsiyasiga ko‘rk qo‘shadi. Biroq, darajalarga e’tibor berish kerak. Ular bo‘yash kerak bo‘lgan qismlarning o‘lchamiga bog‘liq. Detallar qanchalik kichik bo‘lsa, daraja shunchalik qiyin bo‘ladi. Agar sovg‘a oluvchi ijodiy ishlarga juda qiziqmasa, unda 1-2 darajadagi rasmlarni tanlash yaxshidir.
Narxi: 80 ming so‘mdan boshlanadi.

Telefon, planshet, noutbuk
Bugungi kunda deyarli har bir insonga kerak bo‘lgan qurilmalar eng orzu qilingan sovg‘alar qatoriga kiradi. Qurilmani sertifikatlangan do‘konlardan xarid qiling va xarid chekini, albatta, har ehtimolga qarshi saqlab qo‘ying.
Narxi: 2,5 mln so‘mdan boshlanadi

Xizmatlarga obuna
Maktab o‘quvchilari yoki talabalarga obuna bo‘lish imkoniyatini sovg‘a qilish yaxshi fikrdir. So‘rov natijalariga ko‘ra, ular bunday sovg‘ani olishdan bosh tortmagan bo‘lardilar. Tanlov katta. Bu messenjerga premium obuna, dasturlash kursi yoki onlayn kinoteatr xizmati bo‘lishi mumkin. Bunday sovg‘ani dunyoning istalgan joyidan berish mumkin.
Narxi: 50 ming so‘mdan boshlanadi.

Zargarlik buyumlari
Hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan klassik sovg‘a. Qizlar sirg‘alar, bilaguzuklar, uzuklar yoki tumorlar olishni xohlashadi. Sovg‘ani o‘ziga xos qilish uchun ismning bosh harflari yoki maxsus sanani o‘yib yozdirib, buyurtma berishingiz mumkin. Qabul qiluvchining ta’miga mos bo‘lishi uchun zargarlik buyumlari tayyorlanadigan metallni va uning uslubini alohida e’tibor bilan tanlashingiz kerak.
Narxi: 200 ming so‘mdan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xotin-qizlar bayramida berish mumkin bo‘lgan top-10 sovg‘a