Shirinliklar foydali yoki aksincha foydasiz deb hisoblaydiganlar uchun ushbu 8 ma’lumot bmlan tanishib chiqing.
1. Shakar – asabga davo
Uch qoshiq shakar qo‘shilgan bir stakan suv, haqiqatan ham asabga qarshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin bu qisqagina muddatga xolos – bu jarayon yarim soatdan ko‘p cho‘zilmaydi. U organizm xazinasidagi miya faoliyatini ta’minlovchi, V1 vitaminini kamaytirishi bilan bog‘liq. Bu darmondori qanchalik kam bo‘lsa, uyqusirash, asabiylashish, tez charchash, mushaklarning bo‘shash ehtimoli kuchayib ketishi mumkin.
2. Kerakli moddalar oz
Toza oq shakarga kelsak, rostdan ham shunaqa. Barcha tozalangan mahsulotlar kabi. Uning jigarrang navi esa, sog‘liqqa foydali bo‘lgan, minerallar (kaliy, natriy, kalsiy, fosfor, temir), o‘simlik moddalarga boy.
3. O‘rnini bosuvchi
Ko‘pincha, qand o‘rnini bosuvchi asos sifatida aspartam (asparkam tabletkalari bilan adashtirmang) – gen-modifikasiyalangan modda. Uning ta’sir qilish mexanizmi, shirinliklarga bo‘lgan reseptorlar sezuvchanligini kuchaytirishga bog‘liq. U minimum kaloriyga ega bo‘lsa-da, zararligini isbotlovchi bir qancha dalillar mavjud. Ushbu fikr tarafdorlari, birinchidan, aspartam ishtahani ochishini, ikkinchidan, u boshqa gen-modifikasiyalangan moddalar kabi kanserogen xususiyatlariga ega ekanligini yaxshi bilishadi. U 30 S haroratida parchalanadi va kanserogenlarni yuzaga keltiradi.
4. Shokolad shirin, ammo…
Bu shirinlikni xush ko‘ruvchilar bunga amal qilishsagina ko‘zlagan maqsadiga erishishi mumkin. Ammo dono xalqimizning “shakarning ham ozi shirin” deganlaridek har qanday shokolad ham foydali emas, uning qop-qora achchiq turi tarkibida mavjud bo‘lgan antioksidantlari tufayli (ayniqsa — polifenol), bu mahsulot erkin radikallarning ta’siridan tomirlarni himoya qiladi. Bundan tashqari, shokoladga kakaodan kelib tushgan flavonoidlar, qon aylanishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarga olib keluvchi, qondagi tromblarlarni eritib qon aylanishini yaxshilaydi. Shokoladlarning boshqa xillari esa – vitamin, hujayra va mineral moddalardan ozod etilgan quvvat manbayi. Lekin jigarrang dorini ortiqcha iste’mol qilish mumkin emas, chunki u qand diabeti kasalligini keltirib chiqarishi va oqibatda esa semizlik kasalini yuzaga kelishi ehtimoli bor. Shokoladning xavfsiz dozasi – kuniga 25 gramm iste’mol qilish tavsiya etiladi.
5. Kofein moddasi ko‘p
Ma’lumki, taxtacha shaklidagi bir bo‘lak shokoladda “atigi” 30 mg kofein bor. Bir piyola kofeda esa – 180 mg, choyda undan ham ko‘p. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bir piyola kofedan olayotgan tetiklashtiruvchi ta’sirni olish uchun kamida 6 bo‘lak shokolad eyish kerak.
6. Quvvat manbayimi?
Taom kaloriyasining eng boy qismi – yog‘lar sanaladi. 1 g uglevodlarni parchalashda 4 ta kaloriya hosil bo‘ladi, 1 g. yog‘lardan esa 9 tadan oshiq kaloriya hosil bo‘ladi. Shuning uchun ozmoqchi bo‘lsangiz, avvalambor, yog‘ eyishni bas qiling.
7. Husnbuzar paydo qiladi
Husnbuzarlar muammosi faqatgina endokrin tizimi bilan bog‘liq. Agar ayol organizmidagi buyrak ustki bezlari ko‘p miqdorda androgenlarni (erkak jinsiy gormonlari) ishlab chiqarsa, yog‘ bezlari kuchliroq ishlashni boshlaydi va uglevod almashinuvi keskin buziladi. Uni tiklash uchun shakardan voz kechish kerak. Ularda hech qanday endokrinologiya muammolarisiz husnbuzarliklar ko‘rinishidagi allergiya paydo bo‘lishi mumkin.
8. Umuman shirinlik emaslik mumkinmi?
Albatta, yo‘q. Mahsulotlarni iste’mol qilish me’yorlariga ko‘ra, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar nisbati kundalik rasionda 1:1:4 bo‘lishi lozim. Uglevodlarning 10% ni shakar, asal ko‘rinishida tushishi mumkin. Ya’ni inson shirinlik, shu jumladan shakarni ham iste’mol qilishi lozim. Uning yordamida kundalik quvvat sarf qilish ehtiyoji 10%ni o‘rnini qoplashi kerak. Kuniga 70 g shakar eyish mutlaqo zararsizdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi