09:09 / 17.01.2025
1 046

Qishda uyingizda qanday harorat boʻlishi kerak?

Qishda uyingizda qanday harorat boʻlishi kerak?

Qishda uyni optimal haroratda saqlash oson vazifa emas. Tavsiya etilgan harorat 19°C boʻlib, bu tashqarda sovuq boʻlgan paytda oʻzini qulay his qilish uchun etarli.

Ammo ideal harorat, qulaylik va isitish xarajatlarini tejashni ta'minlash uchun, sharoitlarga bogʻliq holda oʻzgaradi.

Harorat boʻyicha tavsiyalar:

  • Minimal qulaylik darajasi – 19°C.
  • Yotoqxonada haroratni 17°C ga tushirish mumkin, chunki sovuqroq havo yaxshi uxlashga yordam beradi.
  • Vannaxonada, ayniqsa, dush qabul qilganda, haroratni 22°C atrofida saqlash ma'qul.
  • Bolalar yoki keksa kishilar yashaydigan uylarda haroratni 21°C dan oshirmaslik tavsiya etiladi.

Ba'zi mutaxassislar qulaylik va tejamkorlikni birlashtirish uchun eng maqbul harorat 20°C ekanligini ta'kidlashadi. Bu harorat nafaqat qulaylikni saqlashga, balki energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

Isitish xarajatlarini tejash boʻyicha maslahatlar:

  1. Kun vaqtiga qarab haroratni sozlang. Masalan, tun yoki uyda yoʻqligingizda haroratni 14-16°C ga tushirish mumkin. Qalin koʻrpa yoki issiq kiyim bu vaziyatda yordam beradi.
  2. Oynalarni va darozalarni yopiq tuting. Kechasi darozalarni yopish va qalin pardalar yordamida issiqlikni ichkarida ushlash mumkin.
  3. Isitish tizimiga texnik xizmat koʻrsatish. Isitish tizimining samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish uchun uni muntazam tekshirtiring. Ba'zi isitish tizimlari har yili mutaxassis nazoratini talab qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali