Bedana tuxumi va go‘shti haqida nimalarni bilasiz?

Foydali1 daqiqa o'qish13.1K
Bedana tuxumi va go‘shti haqida nimalarni bilasiz?
Bedana tuxumi va go‘shti haqida nimalarni bilasiz?

Bedananing tuxum, go‘sht (bedana-broyler) yo‘nalishidagi hamda jangari, dekorativ, rangdor zotlari bor. Uning “yapon” zoti ancha sermahsul bo‘lib, yiliga o‘rtacha 300 dona tuxum beradi. Bedana tuxumi tovuq tuxumiga nisbatan A, PP, B1, B2 vitaminlari va mineral moddalar tarkibi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega, deb xabar qiladi Kun.uz sayti.

Sof va tabiiy hisoblanadigan bedana tuxumlari Yaponiyada ham mashhur bo‘lib, u parhez taom sifatida qadrlanadi. Jahon bozorida bunday mahsulotga talabning ortib borayotgani yurtimiz fermeru tadbirkorlari uchun yangi eksport imkoniyatlarini ochishi shubhasiz.

Bedananing turlari juda ko‘p bo‘lib, “faraon” zoti yuqori sifatli go‘sht bilan, “Estoniya” zoti ko‘p tuxum berishi hamda go‘shtining alohida o‘ziga xos ta’mi bilan ajralib turadi. “Britaniya qora” zoti o‘ziga xos patlar rangiga ega bo‘lib, tirik vaznining og‘irligi 210 grammni tashkil etadi. Bundan tashqari, “Amerika albinos" broylerlari, “Angliya oq” zoti, “Manchjur tilla rangi”, “smoking”, “marmar rang”, “Avstraliya sariq-jigar rang” zotlari ham mavjud.

Qadimgi Sharq tabobatida ham bedana go‘shti va tuxumi tabiiy dori-darmon sifatida kadrlangan. Xususan, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, kamqonlik, migren, bronxial astma, asab tizimidagi buzilishlar, qon bosimining oshishi, qandli diabet, astma singari ko‘plab kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Nurlanish kasalligida bedana tuxumi radionuklidlarni organizmdan chiqarish xususiyatiga ega. Kosmetologlar uning tarkibidagi tramizinni yuz rangini tiniqlashtirishda qo‘llashadi. Yaponiyada bedana tuxumi aholi o‘rtasida eng ko‘p iste’mol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?