10:05 / 16.02.2017
8 768

Kelajakda uylar qanday bo‘ladi?

Kelajakda uylar qanday bo‘ladi?

Afsuski, texnologiya jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir davrda qurilayotgan uylarimiz mukammal darajada unga hamnafas deb ayta olmaymiz. Yaxshiyamki ba’zi tashabbuskor mutaxassislarimiz qurilishning ekologiyaga zararini kamaytirish va qulaylik darajasini oshirish ustida ish olib boryapti. Oxirgi yillarda bu yo‘nalish bo‘yicha kelajakda biz uchun haqiqatga aylanadigan ko‘plab texnologiyalar ishlab chiqarildi, deb yozadi Daryo nashri.

Sovitish vazifasini bajaruvchi 3D g‘ishtlar

O‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan 3D g‘ishtlar suv va bug‘lanish texnikasi tufayli xonani sovitishga yordam beradi.

Zaharli havoni «eydigan» bino

Muhitni zaharli havodan tozalaydigan bino bo‘lishiga ishonish qiyin albatta. Kelajakda binolarning bunday vazifani bajarishida biodinamik betondan qilingan «ekzoskelet» yordam beradi.

O‘z-o‘zini tiklovchi beton

Gollandiyalik mutaxassislar tirik bakteriyalar va kalsiy laktatidan foydalanib, mustaqil ravishda o‘zini tiklaydigan sementning yangi turini ishlab chiqdi.

Tom uchun shisha cherepisa

Shvesiya kompaniyasi SolTech uy tomi uchun isitishga yordam beradigan chiroyli shisha cherepisalarni ishlab chiqardi. Bu cherepisalar isitish tizimidagi suvni qizdirishga yordam beruvchi quyosh yorug‘ligini o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kelajakda uylar qanday bo‘ladi?