22:29 / 04.05.2017
8 285

Uyquda ozish: endi bu cho‘pchak bo‘lmay qoldi

Uyquda ozish: endi bu cho‘pchak bo‘lmay qoldi
Dunyoda semizlik katta sur’atlarda ko‘payib bormoqda. Olimlar buni kamharakatlik va noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘lamoqdalar. Ular bizga sport bilan shug‘ullanishni, hech bo‘lmaganda ishdan qaytayotganda avtobusdan bir-ikki bekat oldinroq tushib qolib, piyoda yurishni yoki liftdan voz kechib, xonadonimizgacha piyoda ko‘tarilishimizni tavsiya qiladilar.

Sport va jismoniy mashqlarning turli xili bor. Butun dunyo kamharakatlikdan aziyat chekayotgan bir paytda Buyuk Britaniyadagi trenajyor zallaridan birida yangi fitnes-dastur ishga tushirildi. Bu dasturga ko‘ra uning ishtirokchilari kaloriyalarni uyquda eritar ekanlar.

Napercise nomli ushbu mashg‘ulot kunning o‘rtasida o‘tkaziladi va bir soat davom etadi. Mashg‘ulotning boshida va oxirida tanani cho‘zuvchi mashqlar o‘tkaziladi, asosiy qismini esa 45 daqiqalik uyqu egallaydi. Barcha shug‘ullanuvchilar krovat, yopinchiq, yostiq va uyqu uchun niqob bilan ta’minlanadilar, mashg‘ulot o‘tkaziladigan xonada esa uyqu davomida kaloriyalar erishiga xizmat qiladigan xona harorati ushlab turiladi. Xullas, uyqu davomida vazn yo‘qotish cho‘pchak bo‘lmay qoldi.

Hozircha Napercize dasturi fitnes-tarmoqning faqatgina bitta klubida ishga tushirildi, biroq ommalashsa, boshqalarida ham davom ettiriladi.

Bunday mashg‘ulot haqida shifokorlarning fikri qanday? Ularning fikricha, 45-60 daqiqalik uyqu haqiqatdan ham dam olish va charchoqni chiqarish uchun foydalidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyquda ozish: endi bu cho‘pchak bo‘lmay qoldi