1. Ertalab och qoringa qahva ichish tavsiya etilmaydi. Shusiz ham organizmingiz kortizol gormonini ishlab chiqarib, tetiklasha oladi. Qahva uchun eng ma’quli soat 9-10 hisoblanadi.
2. Bu ichimlik peshob ajralishini faollashtiradi, deyishadi. Aslida esa kun davomida 2 finjondan ortiq bo‘lmasa, bezovtalanmasangiz ham bo‘ladi.
3. Qahva tarkibida antioksidantlar ko‘p. Me’yorida qabul qilinsa, organizmdagi erkin radikallar bilan oson kurashadi.
4. Bir finjon qahva ichib, organizm uchun zarur bo‘lgan kunlik V2 vitaminining 11%, V5 vitaminining 6%, kaliyning 3% hamda magniyning 2%ga ega bo‘lasiz.
5. Qahvaxo‘r xonimlarda ortiqcha vazn bo‘lmaydi. Chunki bu ichimlik organizmda moddalar almashinuvini 3 dan 11 foizgacha tezlashtiradi.
6. Kofein aslida juda kichik 0,0016 dyumlik kristall bo‘lib, aynan uning ta’sirida ta’m va hid hususiyati paydo bo‘ladi.
7. Qahva qizil, sariq va yashil rangli meva doni hisoblanadi. Ishlov berilgach rangi o‘zgarib, biz bilgan tusga kiradi.
8. Kofein ta’siri darrov bilinmaydi. Birinchi xo‘plamdan so‘ng 10 daqiqa o‘tgachgina qaxva ichgayotganingizni his etasiz.
9. Buni qarangki, ilk veb-kamera 1991 yili Kembridj universiteti olimlari tomonidan qahva etishtirishni kuzatish uchun qurilgan ekan.
10. Jismoniy mashqlarni boshlashdan avval bir finjon qahva ichib olsangiz, organizmda adrenalin miqdori ortib, yog‘ to‘qimalaridagi yog‘ kislotalari tozalanadi.
11. Tetiklashish uchun qora qahva, shunchaki mazali ichimlik o‘rnida esa sutli qahva ma’qul.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar