11:26 / 27.04.2018
7 185

Nega ibodat qilamiz?

Nega ibodat qilamiz?
Shifokor dori ichishi zarurligini tayinlasa, bemor: “Bundan sizga biror foyda bormi?” deyishi mumkinmi? Yo‘q, albatta. Chunki doriga shifokor emas, kasal muhtoj. Shu singari, bizga buyurilgan ibodatlardan Allohga aslo naf yo‘q, biz uchun foyda bor.

Yer yuzini oynalardan iborat deb faraz qilsak, ular yorug‘lik va issiqlikni quyoshdan olishi ayon. Biroq ularda aks etish yoki etmaslikdan quyoshga manfaat ham, ziyon ham yo‘q. Bu hodisa bo‘lmasa-da, uning tafti, nuri, yetti rangidan hech nima kamaymaydi. Mazkur jarayonda butun foyda oynalarga bo‘ladi. Ular qorong‘ulikdan qutilib, oydinlanish uchun quyoshga muhtoj.

O‘xshatishni biroz kengaytirib, quyoshni ilm, iroda, quvvat va hayot; oynalarni esa aql va shuur egasi sifatida tasavvur qilaylik. Aql va shuur egalari – oynalarning muhabbati quyoshning mukammalligi, muhtashamligiga nima qo‘shadi? Yoki isyon qilib, uning qudratidan nimani kamaytira oladi? O‘simlik va hayvonlarga yorug‘lik, taft berishdan quyoshga nima naf? Yoxud bermasligidan uning o‘ziga qanday ziyon yetadi? Albatta, foyda ham, zarar ham o‘simlik va hayvonlarga oiddir.

Xuddi shu singari, borliqlarni yaratish bilan Alloh taoloning so‘ngsiz kamoliga biror daraja qo‘shilgani tushunilmaydi. Chunki mavjudotni yaratmasa ham, U Zotning buyukligidan biror narsa kamaymas edi. Haq taolo na yaratiqlarning yo‘qdan bor bo‘lishiga, na farishtalarning hamdu sano aytishlariga va na insonlarning ibodat, itoatiga muhtoj emas. Bular bo‘lsa-bo‘lmasa, U Zot hamdu sanoga loyiq, sherigi, misoli, tengi bo‘lmagan Allohdir.

Manba: Irfon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega ibodat qilamiz?