Foto:«Shutterstock»
Angliyada olib borilgan bir tadqiqot natijalariga ko‘ra kechki payt uxlashdan 2-3 soat avval telefonda ko‘p gaplashish miyaga salbiy ta’sir qilishi, bu esa uyquda bosinqirash va depressiyaga sabab bo‘lishi ayonlashdi. Bu haqda «Hurriyet»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Glazgo universiteti olimlari uyqu bilan sog‘liq orasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilishdi. Birlashgan qirollik miqyosida 37-73 yoshlar orasidagi 91,5 ming kishi ustida olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 24 soatlik tartibga rioya qilmagan vujudda ruhiy va jismoniy zo‘riqishlar kuzatilar ekan.
Professor Daniel Smisning aytishicha, tana ritmiga rioya qilmagan kishilarda kuchli depressiya paydo bo‘ladi.
«Kechki payt uyqudan ikki soat avval qo‘l telefonida kamroq gaplashish, iloji boricha uni o‘chirib qo‘yish kerak. Bordi-yu, telefonda ko‘p gaplashilsa, qurilma miyaga «haliyam kunduz» degan signal yuboradi. Shu bois tana uxlasa ham miya dam olmaydi», – dedi Daniel Smis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi