Ishing zoʻr boʻlib, martabang chandon koʻtarilib, tashqarida hamma senga taʼzimda boʻlsa-yu, uyingda tinchlik, totuvlik boʻlmasa, bari bekor! Yer kurrasida gʻimirlab yurganki odam uyim, bolam-chaqam deb yuradi. Koʻchadagi ishlarini jadallik bilan bajarib, xonadoniga yugurgani yugurgan. Qizigʻi shuki, inson yaxshi uyiga ham, yomon uyiga ham talpinaveradi. Shunisiga qarab, bu uydan yo baxtli, yo baxtsiz, yo butun, yo yarim odamlar chiqadilar. “Oila” deb atalgan panohistonda yaxshi iqlim yaratish uchun esa ayolga ayollik, erkakka erkaklik ilmi suv, havo qadar zarur!
Oʻgʻlonim, hozirgi senga yetkazadiganim – dastlabki juda nozik ilm, yodingda tut: erkak kishini asosan qulogʻi yetaklaydi va uni koʻp balolarga giriftor qiladi. Kelinchakka chimildiqda aytadigan birinchi gaping shu boʻlsin:
–“Ilohim, siz bilan birga hammamizga saodatli kunlar kelayotgan boʻlsin. Ammo aytib qoʻyay, men oila aʼzolarimsiz bir boʻlakman, butunligim ular bilan. Meni dunyoga keltirgan mualliflarim, tumshugʻida suv, don berib voyaga yetkazgan xaloskorlarim shu oilamdagilar. Ularning pastu baland feʼllari oʻzimga ayon. Balki biridan sevinib, biridan kuyib yurarman, ammo qandayligidan qatʼiy nazar, ular mening mulkim, mening qismatim, mahrimga tushgan, yoqmay qolsa, kechib yuborolmayman! Oʻrtaga qoʻyadigan birinchi shartim shu: hech qachon jigar-bagʻrilarimni menga yomonlamang. Siz tufayli hech biridan koʻnglim qolmasin! Qoʻlingizdan kelsa, ularni menga issiq koʻrsating, yomonlarimni yaxshi qilib bering! Agar bu iltimosimni bajarmasangiz, sizdan ikki dunyo rozi emasman!”
Mana shu gapni aytish qoʻlingdan kelsin, oʻgʻlonim!
Tursunoy SODIQOVA
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi