00:30 / 04.11.2018
6 456

Suvni qachon ichgan ma’qul?

Suvni qachon ichgan ma’qul?
Kimdir hazm qilish jarayoni oson bo‘lishi uchun suvni ovqatdan keyin ichgan ma’qul, deb hisoblaydi. Yana boshqa birov esa suv me’da shirasi bilan aralashgach, hazm qilish jarayoni sekinlashishini aytadi. Qay bir fikr to‘g‘ri? Mutaxassis fikriga quloq tutamiz.

Anna Yurkevich
Gastroenterolog. To‘g‘ri ovqatlanish va ovqat hazm qilish tizimining salomatligi to‘g‘risidagi blog muallifi.

“Suv haqida gap ketar ekan, uni qachon va qanday qilib ichish emas, miqdori muhim hisoblanadi. Biroq bu fikrning ham bir necha “ammo” lari bor. Keling, birgalikda oydinlik kiritamiz.

Ovqatlanish bo‘yicha qo‘llanmalarda 25-30ml/kg soni ko‘rsatiladi. Bu odam uchun tavsiya etiladigan suv miqdori. Albatta, bu raqam shartli. Odam ichishi kerak bo‘lgan suv miqdori ko‘plab omillarga bog‘liq:

1. Havoning namligi va harorati.
2. Odam tanasi harorati.
3. Yosh va jins.
4. Jismoniy faollik.
5. Kasalliklar, birinchi navbatda siydik ajratish tizimi kasalliklari.

Shaxsiy organizm signallariga, ya’ni chanqashga qarab suv ichish lozim. Buning uchun yoningizda doim butilkada suv va stakan bo‘lishi kerak. Har 30-60 daqiqada bir ho‘plam suv iching. Suvni chanqog‘ingiz qonguniga qadar to‘yib iching.

Suv oshqozon shirasiga aralashib, kislotalilikni pasaytirishi albatta “lof”.

Aks holda kislotalilikni pasaytirish uchun maxsus dorilarni buyurish zarurati bo‘lmasdi. Buning uchun bir piyola choy ichishning o‘zi yetarli bo‘lardi.

Ovqatdan oldin ham, tanovul qilish vaqtida va undan keyin ham suv ichish mumkin. Gap shundaki, och qoringa ichilgan suv undan tezda chiqib ketadi: 300 ml suv chiqib ketishi uchun 5-15 daqiqa yetarli bo‘ladi. Albatta, ovqatdan oldin bir litr suv ichish yaramaydi. Chunki bu holatda suyuqlik oshqozondan chiqib ketishi uchun ko‘proq vaqt ketadi. Iste’mol etilgan ovqat sabab oshqozon kengayadi va yoqimsiz hislarga sabab bo‘ladi.

Ovqat vaqtida suyuqlik ichish kerak. Ayniqsa quruq yegulik iste’mol qilayotgan bo‘lsak. Bu holatda suv ovqatni yumshatib, maydalaydi va uning yaxshi o‘tishiga yordam beradi.

Agar ovqatdan keyin ham bir necha ho‘plam suv ichishni istasangiz, bu - normal holat. Asosiy mezon – sizning istagingiz, ya’ni chanqash va boshqa hislar”.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Suvni qachon ichgan ma’qul?