17:35 / 17.11.2018
4 306

Yilning sovuq paytida qanday uygʻonish mumkin?

Yilning sovuq paytida qanday uygʻonish mumkin?
Muhimi – oʻzingizni issiqlik va yorugʻlik bilan qurshab olish. Koʻchadagi ob-havo kabi tund boʻlmaslik.

Yetarli darajada uxlang

Agar shu oddiy qoidaga amal qilmasangiz, nima qilishingizga qaramay, osonlikcha uygʻona olmaysiz. Hammaning oʻz uyqu mezoni boʻladi. Kimdir standart sakkiz soatda uygʻonadi, kim uchundir olti soat kifoya. Har qanday holatda ham agar shaxsiy meʼyoringizdan kam uxlasangiz, keyingi maslahatlar ish bermaydi.

Bir vaqtda uygʻoning

Koʻpincha biz eʼtibor bermaydigan yana bir aniq maslahat.

Har kuni 6:30da uygʻonasiz va oʻqishga piyoda ketasiz. Kutilmaganda bir tanishingiz sizni oʻz mashinasida tashlab qoʻyishni taklif etadi. Albatta, siz xursandlik bilan budilnikni 6:45 ga qoʻyasiz. Tongda nima uchundir toʻyib uxlamagandek boʻlasiz. Agar odatga koʻra uygʻonsangiz va yana 15 daqiqa uxlab olishga qaror qilsangiz, nima uchundir oʻzingizni noqulay his etasiz.

U ham, boshqasi ham notoʻgʻri. Organizm muayyan vaqtda turishga shu qadar oʻrganadiki, oʻrnatilgan grafikdan chiqish sizni tetiklik va yaxshi kayfiyatdan judo etadi.

Har doim bir vaqtda uygʻonishga odatlaning. Ob-havoning oʻzgarishi sizga taʼsir koʻrsatmasin.

Budilnikning tovushi yoqimlisini tanlang

Budilnikning keskin tovushi haqiqatan ham jiddiy zarar keltiradi. Tonggi baland va kutilmagan qoʻngʻiroq sizni uyqudan qoʻpol ravishda uygʻotadi. Bu qon bosimini oshirib, keskin tarzda adrenalin ajralishiga olib keladi. Oddiy qilib aytganda, har kuni tongda organizm xavotir va qoʻrquv hissi bilan uygʻonadi. Bunday kundalik zoʻriqish oxir-oqibat yurak va tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Asta-sekin baland boʻladigan sokin ohang odamni uygʻotishda keskin tovushlardan ortda qolmaydi. Ayrimlar vibroqoʻngʻiroqdan ham uygʻonishlari mumkin.

Agar uygʻotgichni eshitib, yurak urishining tezlashishi, oʻzingizni yoʻqotib qoʻyish va fikrlarning chalkashib ketishini sezsangiz, ohangni oʻzgartirishingiz lozim.

Kiyimlaringiz karovat yonida boʻlsin

Kuz va qishda koʻrpa tagidan chiqishga oʻzingizni majburlash baʼzida qiyin boʻladi. Chunki xona sovuq. Ayniqsa, bu isitish mavsumi boshlanguncha.

Shuning uchun issiq uy kiyimini darhol kiyish maqsadida uni yoningizga qoʻying. Ana oʻshanda xonadagi sovuq havo osonlik bilan uygʻonishga xalaqit qilmaydi.

Yorugʻlik qoʻshing

Yoz va bahorda uygʻonish osonligining asosiy sababi – tabiiy quyosh nuri. Qish va kuzda yoritish darajasini sunʼiy ravishda oshirishga toʻgʻri keladi.

Uygʻonishingiz bilan xonalarda chiroqni yoqing. Bu sizni tetiklantirib, yana uxlashga yotish istagini yoʻqotadi. Agar oilangiz bilan yashasangiz, sizdan erta uygʻonadiganlarda xonangizdagi chiroqni uygʻonishingizdan biroz oldin yoqishlarini soʻrang. Agar yorugʻlikni asta-sekinlik bilan koʻtarish tizimini oʻrnatish imkoniyati mavjud boʻlsa, albatta undan foydalaning.

Qoʻllaringizni isiting

Bor-yoʻgʻi, qoʻllaringizni issiq suv bilan yuving. Siz issiqlik butun tanangiz boʻylab harakatlanayotganini darhol his etasiz. Bu kichik odat sovuq tongni ancha yoqimli qiladi.

Xonalarni shamollating

Batamom isinib olgach, xonaga musaffo havoni “qoʻyib yuboring”. U tetiklantirib, xonaga soflik olib keladi va yotoqxonada qolish istagidan xalos etadi.

Bir stakan iliq suv iching

Nonushta va birinchi qahva finjonidan avval bir stakan toza suv ichish tavsiya etiladi. Ana oʻshanda oshqozon oʻz faoliyatini ishga tushiradi va ovqat qabul qilish va uni hazm qilishga kirishadi. Yozda salqin mineral suv ichish mumkin, biroq qish kunlarida uni isteʼmol qilish yoqimli holatlar olib kelmaydi. Agar suv biroz isitilsa, uni ichish ancha yoqimli boʻladi.

Yaxshilab nonushta qiling

Yaxshi nonushta koʻp quvvat beradi. Sovuq paytlarda kunni ochlikda boshlash ancha mushkul. Buni his qilmasangiz va tongda hech narsa isteʼmol qilmasangiz-da, bu aniq fakt. Agar nonushtani qoldirmaslikka odatlansangiz, oshqozonning oʻzi sizni tongda oshxonaga yetaklaydi. Toʻshakda uzoq qolib keta olmaysiz.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yilning sovuq paytida qanday uygʻonish mumkin?