Ramazonga sanoqli kunlar qolganida eng avvalo tanamizni ro‘zaga tayyorlash kerak bo‘ladi. Bu yil nasib etsa Ramazon bahor oyiga to‘g‘ri kelmoqda. Kunlar uzayib, havo isishi bilan iqlim o‘zgaradigan pallalarda to‘g‘ri kelayotgan ro‘za kunlarida to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish, taomlanish vaqti va ozuqalar o‘zgarishi, ochlik hissi ortishi bilan kechadi. Bu holatlarga tanamizni avvaldan o‘rgatib borishga erishsak, muborak Ramazon oyida sog‘liq bilan bog‘liq muammolarsiz ibodatlarimizni bajarishga muvaffaq bo‘lamiz, insha Alloh.
Muborak Ramazon oyiga kirishdan avval eng muhim hozirliklardan biri porsiyalarni kamaytirishdir. Albatta, bu borada Sha’bon oyida ro‘za tutish eng asosiy yordamchi bo‘ladi. Biroq, Sha’bon oyida ro‘za tutolmaganlar Ramazon uchun tayyorgarlikni porsiyalarni kamaytirishdan ish boshlaganlari ma’qul.
Dasturxonga foydali va to‘yimli ozuqalar, meva-sabzavot, sut mahsulotlari va dukkakli mahsulotlar tortamiz. Bu yeguliklarga Ramazondan avval vujudni ko‘niktirish, ro‘za kunlarida oshqozon-ichak tizimi bilan bog‘liq muammolardan uzoq bo‘lishni kafolatlaydi. Bugundan boshlab yengil salatlar, qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan sabzavotlarni tanovvul qilishni boshlasak, Ramazonda bu yeguliklarni iste’mol qilishga tanamiz ko‘nikma hosil qilgan bo‘ladi. Yog‘li, sho‘r, dudlangan mahsulotlarni oddiy kunlarda hazm qilish qiyin bo‘lgani uchun, Ramazonda bemalol xavfli yeguliklar guruhiga qo‘shishimiz mumkin. Bu yeguliklar ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqish xavfi yuqori bo‘lgani uchun ham Ramazon oyida ulardan keskin tiyilgan ma’qul. Mol va qo‘y go‘shti, tovuq, baliq mahsulotlarini pechda toblab yoki qaynatilgan holda iste’mol qilish foydali.
Avvalo, tanovvul qilayotgan yeguliklar salomatligimiz, ibodatlar uchun kuch-quvvat bo‘lishini hisobga olish kerak. Uzoq ochlikdan keyin shirinliklar iste’mol qilish qonda shakar miqdorini oshirish bilan birga, salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun hozirdan shirinliklar iste’mol qilishda me’yordan oshmaslik, imkoni bo‘lsa, shakar va shakar mahsulotlarini quruq mevalar, shakarsiz qoqi qaynatmalari, toza meva va sabzavot sharbatlari (uy sharoitida tayyorlangan) hamda asal bilan almashtirgan yaxshi. Ramazondan avval, Ramazonda va undan keyin iste’mol qilishdan tiyilish kerak bo‘lgan gazli ichimliklar, tayyor meva sharbatlari va yuqori kaloriyali shirin suvlardan parhez qilish uchun hozir ayni vaqti. Turli damlamalar, giyohli, dorivor o‘tlar qaynatmalarini ichish bilan ham kundalik qabul qilinadigan suyuqliklar bilan ortiqcha vazndan qutulish, ham Ramazondan avval vujuddagi ortiqcha toksinlardan xalos bo‘lish mumkin.
Ayni kunlarda Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rishning vaqti. Kech qolmang va shaytonlar kishanlanib, bandalar ruhan poklanadigan oyga avval tanangizni poklab kirishsangiz, xotirjam, halovatli ibodatga musharraf bo‘lasiz
Ramazondan avval toksinlardan qutulish uchun maxsus parhez oldi ichimlik tayyorlash:
2 litr suv
2 dona ko‘k olma
1 dona limon
1 choyqoshiqda qalampirmunchoq donalari
1 choy qoshiqda donali qora murch
1 dona dolchin po‘chog‘i (koritsa)
Olma va limon parrak to‘g‘raladi va ikki litr suvga solinadi. Qalampirmunchoq, qora murch va va dolchin ham ortidan solinadi va 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Tayyor bo‘lgan damlama kun davomida ichiladi. Bu dorivor damlama zaharli toksinlardan xalos bo‘lishga va Ramazonga tetik, sog‘lom kirishga yordam beradi.
Har doim salomat bo‘ling! Alloh barchamizni Ramazonga sog‘-salomat, xotirjam va hamjihatlikda yetkazsin!
Umida Adizova
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”