Foto: Freepik
Qahvani sut, zanjabil, hatto sariyog‘ bilan ham qo‘shib ichish mumkin. Tetiklashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan «baxt eleksiri»ga limon qo‘shib ichish esa organizmdagi ko‘plab jarayonlar, xususan, yurak faoliyati va teri ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Organizmni ikki karra antioksidantlar bilan ta’minlaydi
Qahva tarkibidagi flavonoid va limondagi C vitamini umumlashmasi organizm uchun foydaning koni. Antioksidantlar immunitetning susayishi, erta qarish va surunkali kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oksidlanish jarayonining oldini oladi. Kunni bir finjon qahva bilan qarshi olish ishonchli himoyani ta’minlaydi.
Immunitetni himoya qiladi
Limonning, ayniqsa C vitaminining immunitetga foydali ekani yangilik emas, ammo hamma ham kofeinning organizm himoyasiga qo‘shadigan hissasi haqida ma’lumotga ega emas. Qahvada temir, rux, B guruhining bir qancha vitaminlari mavjud bo‘lib, ushbu faol moddalar immunoglobulin ishlab chiqarilishini yaxshilaydi, organizmni virus va patogenlardan himoya qiladi.
Miyaga ijobiy ta’sir qiladi
Miyadagi adenozin retseptorlariga ta’sir qiladigan kofein ishga bo‘lgan layoqatni, diqqatni oshiradi, xotirani yaxshilaydi. Limon sharbati tarkibidagi faol moddalar ham shunday ta’sir ko‘rsatadi. Qahvanikidan biroz sustroq ekanligiga qaramay, ular ikkalasi qo‘shilganda kishining kun bo‘yi energiyaga to‘la bo‘lishi ta’minlanadi.
Vazn tashlashga yordam berishi mumkin
Avvalo, noto‘g‘ri ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanmaganda ushbu ichimlik ozish borasida ojizlik qilishini yodda tuting. Kofein va limon aralashmasi tetiklashtiradi, jismoniy chidamlilikni oshiradi va metabolizmni tezlashtiradi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, parhezga amal qilgan, sport bilan shug‘ullangan va limonli qahva ichgan kishilar vazni tezroq kamayadi. Ularning faqat biriga rioya qilish esa ozishni xom-xayol bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”