22:26 / 27.04.2021
4 268

Och qoringa ichish tavsiya qilinadigan foydali ichimliklar


Foto: Harper’s Bazaar
Kunning yaxshi o‘tishi uchun tiniqib uxlash, foydali mahsulotlardan tayyorlangan nonushta qilishdan tashqari, kunni foydali ichimliklar bilan boshlash ham muhim sanaladi.

Suv
Och qoringa suv ichish metabolizmni jadallashtirib, bosh og‘rishining oldini oladi hamda hazm jarayonini yaxshilaydi. Aynan shu sabab ham tongda uyg‘onish bilan birga bir stakan suv ichish tavsiya qilinadi.

Olma sirkasi
Oshqozon ichak traktini yaxshilaydigan, ishtaha va shirinlikka bo‘lgan moyillikni kamaytiradigan olma sirkasi vitamin hamda teri holatining yaxshilanishi uchun ahamiyatli bo‘lgan antioksidantlarning koni hisoblanadi. Ushbu mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi biladigan Viktoriya Bekxem kunini olma sirkasi bilan boshlashni odat qilgan. Sog‘lom bo‘lish uchun ikki osh qoshiq olma sirkasi qo‘shilgan suvni nonushtadan avval iste’mol qilishning o‘zi kifoya.

Limon sharbati
Limon sharbati yoki limonli suv ortiqcha vazndan aziyat chekayotganlar uchun ayni muddao. Tarkibidagi tabiiy kislotalar yog‘larni parchalaydi, C vitamini bisyor ekani hisobiga limon qo‘shilgan suv immunitetni mustahkamlab, shamollashning oldini oladi.

Zanjabil
Kun davomida energiyaga to‘la yurish va turli shamollashlarning oldini olish uchun ikki litr qaynoq suvga 3 osh qoshiq qirg‘ichdan chiqarilgan zanjabil ildizini qo‘shish kifoya. Tunda tayyorlab qo‘yilgan mazkur ichimlik bilan kunni boshlash kayfiyat yaxshi bo‘lishiga hissa qo‘shib, uyqu vaqtida paydo bo‘lgan shishlarni bartaraf qiladi.

Selderey sharbati
A, C va B guruhi vitaminlari, ruh, kaliy va fosforni o‘z ichiga oladigan mazkur ko‘katda, shuningdek, antioksidant va kletchatkalar ham bisyor bo‘ladi. Uning sharbati immunitetni mustahkamlaydi, teri holati va ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Uning o‘zi achchiqlik qilsa, biroz sabzi sharbati qo‘shish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Och qoringa ichish tavsiya qilinadigan foydali ichimliklar