Piyoda yurishning salomatlik uchun qanday foydali tomonolari bor?
Piyoda yurish — salomatlik uchun koni foyda bo‘lsa-da, aksariyat insonlar bu mashg‘ulot bilan shug‘ullanishga erinadilar. Buning o‘rniga avtomobil, lift va eskalator kabi tayyor “dastyor”lardan foydalanishni afzal ko‘radi. Ilmiy tadqiqotlar aynan piyoda yurish umrni uzaytiruvchi mashg‘ulotekanini ko‘rsatgan.
Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, 40-65 yoshli insonlarning kun davomida 3-4 soat piyoda yurishi yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini 30-45 foizgacha kamaytirar ekan.
E’tiborlisi, tadqiqotda ishtirok etgan piyoda yurish bilan shug‘ullanuvchi insonlarning yarmidan ko‘pi o‘zida hech qanday noxushlik sezmagan va doim faol holatda bo‘lgan. Passiv hayot kechiruvchi va kamharakat insonlarda esa yurak-qon tomir kasalliklari nisbatan ko‘p uchrashi aniqlangan.
Ushbu tadqiqotlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan jabrlanganlar istisno qilingan, biroq bunday xastalikka chalinganlar orasida ham kuzatuvlar o‘tkazilgan.
Jumladan, olimlar 8 ming 946 nafar bemor bilan bog‘liq 48 ta ilmiy ishni ko‘rib chiqqach, haftasiga 3 marta 30 daqiqa davomida bajarilgan me’yoriy jismoniy harakat (piyoda yurish yoki velotrenajyorda shug‘ullanish) yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib chiqadigan o‘lim xavfini 26 foizga, boshqa barcha xastaliklar oqibatidagi o‘lim holatlarini 20 foizga kamaytiradi, degan xulosaga kelgan.
Muntazam piyoda yurish — qon bosimini me’yorlashtiradi, kayfiyatni va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi, qonda xolesterin miqdorini me’yorlashtirib, ateroskleroz rivojlanish xavfining oldini oladi, — deydi O‘zbekiston SSV huzuridagi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. — Shu bois doimiy piyoda yurish bilan mashg‘ul inson infarkt va insult kabi hayot uchun xavfli kasalliklardan uzoq bo‘ladi.
Qolaversa, organizmning umumiy chidamliligini va yurak-qon tomir, nafas a’zolari imkoniyatlarini oshirishda piyoda yurish sport zalidagi mashg‘ulotlardan anchagina samaralidir. Yurish vaqtida tana harakatlari va mushaklar qisqarishi barcha a’zo va to‘qimalarda, qorin bo‘shlig‘i, kichik chanoq a’zolarida qon aylanishini kuchaytiradi hamda qon tarkibida kislorod, ozuqa moddalari miqdorini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi