Mutaxassis qahvaga qaymoq va sut qo‘shmaslikni tavsiya qildi. “Ko‘p miqdorda qaymoqli va sutli qahva iste’mol qilish qonda xolesterin miqdori ko‘p odamlarga mumkin emas”, - deydi Eleana Kaydanyan Eat This, Not That portaliga bergan intervyusida.
“Har kuni qahvaga qo‘shiladigan qaymoq va sut tarkibidagi to‘yingan yog‘lar organizmdagi xolesterin miqdoriga jiddiy ta’sir qilishi mumkin”, deydi u.
Shifokorning ta’kidlashicha, organizmda xolesterinning ko‘payib ketishi hech qanday belgi bermaydi, biroq vaqt o‘tgandan so‘ng birinchi navbatda yurak va tomirlar bilan bog‘liq jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Xolesterin miqdori qanday yog‘lar iste’mol qilinishiga bog‘liq. Masalan, qaymoq, kolbasa va qovurilgan ovqatlar tarkibidagi to‘yingan yog‘lar salomatlik uchun juda zararli. To‘yinmagan yog‘lar esa, aksincha foydali. To‘yinmagan yog‘lar manbai tariqasida mutaxassis avokado mevasini keltirib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar