Foto: Getty Images
Raqamli detoks yoki digital detoks — virtual dunyo va axborot oqimidan tanaffus qilish uchun odamning ma’lum vaqt davomida internet, gadjet va boshqa raqamli qurilmalardan foydalanishdan ongli ravishda ixtiyoriy voz kechishdir. Bu stress va taranglikni bartaraf etishga, e’tiborni boshqa faoliyatga qaratishga yordam beradi. Elle nashri ma’lum vaqtga gadjetlardan ongli ravishda voz kechish, miyaga dam olish va tiklanish imkoniyatini berish uchun nima qilish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Gadjetlarga kirishni qiyinlashtiring
Buni kichik ishdan boshlang: smartfoningizni har safar ko‘targaningizda yoki unga qaraganingizda ekranni avtomatik ravishda qulfdan chiqaradigan qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, ularni o‘chiring. Hatto parol kiritish zarurati kabi kichik to‘siq ham sizni ijtimoiy tarmoqlar va Facebook’ning yangiliklar lentasi bo‘ylab maqsadsiz kezib chiqishingizga xalaqit beradi.
Telefon sozlamalarini yangilang
Telefoningiz yorqinligini pasaytiring yoki oq-qora rejimni yoqing. Bunda sevimli «o‘yinchog‘ingiz» kamroq jozibador bo‘lishi bilan birga, bunday sozlamalar ko‘rish va asab tizimingiz uchun xavfsizroqdir.
Samolyot rejimidan foydalaning
Samolyot rejimidan odatiy kunlarda ham foydalaning. Agar chindan ham muhim qo‘ng‘iroqlar yoki xabarlarni kutmasangiz, kamida bir soatga aloqani uzib qo‘ying. Keyinchalik intervalni yanada uzaytirish mumkin (masalan, dam olish kunlari telefonni bir necha soatga o‘chiring). Vaqt o‘tishi bilan smartfonsiz xotirjam bo‘lganingizni sezasiz.
Foto: Getty Images
Keraksiz ilovalarni o‘chirib tashlang
Ishingiz yoki ta’lim olishingiz uchun qaysi ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar haqiqatan ham zarurligini aniqlab oling, keyin ularni papkalarga ajrating va tezkor kirish uchun ekranning birinchi sahifalariga ko‘chiring. Qolganlari o‘chirib tashlanishi yoki hech bo‘lmaganda boshqa joyga ko‘chirilishi kerak.
Kechasi telefoningizni boshqa xonada qoldiring
Telefon bilan uyquga ketish va u bilan uyg‘onish kerak emas, bunga ketadigan vaqtni o‘zingiz va fikrlaringiz uchun sarflang. Ajoyib yechim — gadjetni kechasi boshqa xonada qoldirish yoki hech bo‘lmaganda uni uzoqroq masofaga qo‘yish. Shunda tungi dam olish ancha samarali bo‘lganini va ayni paytda kayfiyatingiz ham yaxshilanganini darrov sezasiz.
Internetda «bemaqsad kezish»ni boshqa mashg‘ulot bilan almashtiring
O‘zingiz uchun bir necha soat telefonsiz o‘tkazadigan va boshqa qiziqarli narsalar qilish mumkin bo‘lgan kunni belgilang: sayrga chiqing, mashq qiling yoki do‘stlaringizni mehmonga chaqiring. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Pentagon AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor eslatdi
Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Yevropa Ittifoqi va AQSH «uchinchi dunyo»ga ekologiya uchun yiliga $300 mlrd bermoqchi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi