21:28 / 06.04.2022
931

Uy sharoitida dori-darmonlarsiz immunitetni mustahkamlashning 9 usuli

Uy sharoitida dori-darmonlarsiz immunitetni mustahkamlashning 9 usuli
Foto: Marie Claire
Immunitet tizimi organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi. Agar u bo‘lmasa, inson doimo kasallikka chalinadi. Immunitet tizimiga turmush tarzi, yomon odatlar va gigiyena kabi ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Immunitet holatini doimiy ravishda kuzatib borish kerak. Albatta, bugungi kunda juda ko‘p vitamin va qo‘shimchalar mavjud, ammo ulardan shifokor huzuriga tashrif buyurmasdan va qon tahlilini o‘tkazmasdan turib foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun immunitetni mustahkamlashni shifokor bilan maslahatlashuvni talab qilmaydigan va hamma uchun tasdiqlangan usullardan boshlashni taklif qilamiz.

Uyqu sifati
Sog‘lom organizmga kuniga taxminan 7-10 soat uyqu kerak. Agar odam muntazam ravishda uxlamasa, u holda immunitet tizimining samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ko‘p odamlar uyqularini kuzatishni boshlaganlarida tezroq tuzaladi. Yaxshi uyquning eng muhim elementlaridan biri bu melatonindir. Bu uyquni tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydigan gormon. Gormon barcha muhim jarayonlarning o‘ziga xos regulyatori va stabilizatoridir, u organizmning yagona ritmda ishlashiga yordam beradi. Shuningdek, kundalik bioritmlar uchun javobgardir. Uyqu sog‘lom bo‘lishi uchun ma’lum bir vaqtda uxlash kerak, shu bilan birga, yorug‘lik va begona tovushlar bezovta qilmasligi kerak. Shuning uchun uyqu vaqtida niqob va quloqchinlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Toza suv
Ko‘pchilik qanday suv ichishga ahamiyat bermaydi. Biroq bu omil salomatlikka jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan, mineral shifobaxsh suv, agar kerak bo‘lsa, shifokor tomonidan tavsiya etilishi kerak, chunki u turli tuzlarni o‘z ichiga oladi. Bunday suvni o‘z-o‘zidan ko‘p miqdorda ichish yurak va jigar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, jo‘mrak suvini ham ichib bo‘lmaydi, chunki suv kanali qanchalik yaxshi tozalanmasin, u quvurlar orqali o‘tadi, undan barcha bakteriyalarni oladi.

Bundan tashqari, tozalash texnikalari, hatto juda zamonaviylari ham, antibiotiklar va gormonlar kabi ba’zi muhim birikmalardan suvni to‘liq filtrlay olmaydi. Dori-darmonlarni tez-tez qabul qilish, hatto kichik dozalarda ham inson immunitetining pasayishiga olib kelishi mumkin. Eng yaxshi yechim laboratoriyada suvni tekshirish va tahlil paytida aniqlangan kamchiliklar asosida tanlangan maxsus filtrni o‘rnatish bo‘ladi. Suv filtri organizmni zararli moddalardan himoya va immunitet tizimini himoya qilishning ajoyib usuli hisoblanadi.

Sport
Olimlar uzoq vaqt davomida harakatsiz turmush tarzi immunitet tizimiga zarar yetkazishini isbotladi. Faol jismoniy harakat bilan immunitet tizimi doimo mukammal ishlaydi. Buni har kuni qilish shart emas. Haftada bir necha soatni sportga bag‘ishlash uchun yetarli. Agar umuman vaqt bo‘lmasa, unda hech bo‘lmaganda ko‘proq yurish, liftdan kamroq foydalanish va har kuni oddiy mashqlarni bajarish kerak. Internetda 5-10 daqiqaga mo‘ljallangan juda ko‘p «dangasa» mashg‘ulotlar mavjud bo‘lib, ular ko‘p vaqt talab qilmaydi va tananing sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.

Spirtli ichimliklar va chekishni rad etish
Spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish yuqumli kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Bundan tashqari, etanol immunitet tizimining hujayralarini yo‘q qiladi, uning ishini sezilarli darajada buzadi. Albatta, ulardan birdaniga voz kechish qiyin. Biroq me’yorga rioya qilish kerak.

Vaziyat chekish bilan o‘xshash. Bu yomon odatni butunlay tark etish kerak. Tamaki tutuni nafaqat immunitet tizimiga, balki barcha organlarga ham zarar yetkazadi. Sigaretalar yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishini qo‘zg‘atadi va hujayralarga yetkazib berish uchun organizmga kiradigan kislorod miqdorini kamaytiradi. Bu nafaqat oddiy sigaretlarga, balki nikotinni o‘z ichiga olgan boshqa mahsulotlarga ham tegishli.

Sog‘lom ovqatlanish
Olimlar immunitet uchun foydali bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mahsulot mavjudligini isbotladi. Ko‘proq oqsilli mahsulotlar, jumladan, go‘sht, tuxum, loviya va boshqalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Biroq yog‘li ovqatlardan voz kechish kerak. Turli xil meva va sabzavotlar immunitet tizimiga yordam beradi, ayniqsa, sabzi, ismaloq, qovun, apelsin, greypfrut va sarimsoq ham. Bu mahsulotlarning barchasi immunitet tizimiga ham, butun organizmga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Quyosh nuri
Bugungi kunda ko‘pchilik kunining asosiy qismini chiroq nurida o‘tkazayotganini sezmaydi. Ammo aynan quyosh nurlarining yetishmasligi ham immunitet tizimining faoliyatini jiddiy ravishda buzishi mumkin. Quyosh nuri nafaqat immunitet tizimini saqlab qoladi, balki stress, depressiya va hissiy beqarorlikka qarshi kurashda ham yordam beradi.

Bundan tashqari, quyosh ostida organizmda D vitamini ishlab chiqariladi Shuning uchun qorong‘i xonadan xalos bo‘lib, imkon qadar tez-tez ko‘chaga chiqish tavsiya etiladi. Qishda vitaminlar sotib olish yoki issiq mamlakatlarga sayohat qilish mumkin.

Gigiyena qoidalari
Oddiy kundalik gigiyenani unutgan odamlar ham ko‘pincha immunitet tizimi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Shuning uchun qo‘lni muntazam yuvish, dush va hammom qabul qilish, kuniga ikki marta tishlarni yuvishni unutmaslik tavsiya etiladi. Gigiyena har doim eng foydali odat bo‘lib qoladi. Unga rioya qilmasdan, organizm tezda sog‘lig‘ini yo‘qotadi va turli virus va bakteriyalar hujum qilishni boshlaydi.

Stressli vaziyatlar
Tinch uxlashga xalaqit beradigan yana bir «muammo» stressdir. Stress har doim organizm va umumiy jismoniy holatga ta’sir qiladi. Barcha kasalliklar asabdan, degan ibora bejiz emas. Hissiy barqarorlik bo‘lmasa, organizm immunitet tizimining hujayralarini tez va oson yo‘q qiladigan gormon bo‘lgan kortizolni ortiqcha ishlab chiqarishni boshlaydi. Shuning uchun uy va ishda muammoli vaziyatlardan qochishga harakat qilish kerak.

Ekologiya
Uyni toza tutish lozim. Chunki uyda kasallikni paydo qiladigan chang va kir juda tez to‘planadi. Bularning barchasi, albatta, immunitet tizimiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, bugungi kunda xonalarda havoni tozalashga yordam beradigan ko‘plab texnik qurilmalar mavjud. Ulardan foydalanish ham immunitet tizimini mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uy sharoitida dori-darmonlarsiz immunitetni mustahkamlashning 9 usuli