date

Sukerberg 2 soat ichida 4,3 mlrd dollarga boyidi

Sukerberg 2 soat ichida 4,3 mlrd dollarga boyidi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Sukerberg NASDAQ elektron birjasida savdo ochilgandan keyin ikki soat ichida o‘zining boyligini 4,3 mlrd dollarga oshirib oldi. Bu haqda "Forbes" nashriga asoslanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

Ayni vaqtda Sukerberg dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida 6-o‘rinni egallamoqda. Uning boyligi 51,8 mlrd dollarga baholanmoqda.

Facebook aksiyalari kompaniya 1-chorak bo‘yicha natijalarni e’lon qilgandan keyin 10 foizga oshib ketdi. Kompaniya daromadlari tahlilchilar kutgandan ziyodroq bo‘ldi. Kompaniyaning sof daromadi bir yil davomida uch barobarga, ya’ni 1,5 mlrd dollargacha, tushumi esa 5,2 mlrd dollargacha oshgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq o‘zining faol foydalanuvchilari sonini 15 foizga oshirib, ular sonini 1,65 mlrd kishiga etkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Sukerberg 2 soat ichida 4,3 mlrd dollarga boyidi