Bugungi global iqtisodiy inqiroz O‘zbekiston uchun ham murakkab kechmoqda. Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan iqtisodiy forumda moliya vaziri Timur Ishmetov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, hozirda eng muhim vazifa inflyatsiya darajasini ushlab turish va davlat xarajatlarini kamaytirishdan iborat.
- "Inqiroz boshlanganda biz juda ham yaxshi tashxis qila olmadik. Covid paytidagidek davom etadi deb o‘yladik. Ko‘rdikki, muammolarni yechish uchun tizimli islohotlarni davom ettirish kerak. 3-4 yil ilgari e’tiborni kreditlarni olishga qaratdik va bunga sharoit yaratdik. Bizda katta qarz yo‘q edi. Hozir yangi bosqichdamiz. Ko‘ryapmizki, O‘zbekiston iqtisodiyoti juda qiyin bosqichda. Ya’ni foiz va stavkalar oshmoqda, kredit olish qimmatlashmoqda. Bizda moliyaviy bufer cheklandi. Endi e’tiborimizni xususiy investitsiyalarga qaratishimiz kerak va buni boshladik. Iqtisodiyotda nafaqat davlat, balki xususiy kapitallarga ham tayanish yaxshi samara beradi.
Bu yil budjet defitsiti 4 foiz atrofida bo‘ladi. Keyingi yil uchun dilemma oldida turibmiz. Moliyaviy taqchillikni 3 foizda ushlab qolish uchun juda ko‘p bosim kuzatilmoqda.
Hozir biz uchun inflyatsiya darajasini ushlab turish ustuvor masala bo‘lishi kerak. Kelajakda ijobiy natijaga erishish uchun shunday qilishga majburmiz. Biz infratuzilmalarni davlat budjeti hisobiga moliyalashtira olmay qolamiz. Budjet taqchilligini kamaytirish uchun xususiy sektorga, xususiy investitsiyalarga e’tiborni kuchaytiryapmiz. Asosiysi, Markaziy bankni qo‘llab-quvvatlash zarur. Barcha xarajatlarimizni kamaytirishimiz kerak", - dedi Timur Ishmetov.
Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov dunyodagi iqtisodiy inqiroz masalasiga to‘xtalib, narxlar va dollar kursi oshishi kutilayotgani to‘g‘risida gapirgandi.
«Butun dunyoda bazaviy stavkalar oshishi kuzatilmoqda. Ko‘p insonlar dunyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashishi va hatto to‘xtab qolishi haqida gapirmoqda. Hozir biz rivojlanayotgan davlatmiz. Qarz oluvchi mamlakatmiz. Valyuta bo‘yicha qattiqroq siyosatga o‘tishimiz kerak bo‘lmoqda. Xavotirlarimiz mavjud. Dollarning almashinuv kursi oshadi deyilmoqda. Narxlar oshishi va qarz olish qiyinlashishi aytilmoqda. Albatta, biz jahon ham iqtisodiyotining bir qismimiz. Bo‘layotgan jarayonlardan chetda qola olmaymiz», – degan bosh vazir o‘rinbosari. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”