Argentinada terma jamoaning jahon chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Lionel Messining suratini milliy valyutaga joylash masalasi muhokama qilinmoqda, deb xabar tarqatdi El Financiero nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, Argentina milliy banki rasmiylari Qatardagi jahon chempionatida qatnashgan terma jamoa g‘alabasini abadiylashtirish maqsadida Lionel Messining suratini milliy pul birligiga joylash masalasini o‘rganib chiqmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Messining surati 1000 pesodan joy oladi. Bu futbolchi 10-raqamda o‘ynashi bilan bog‘liq.
Pulning orqa qismiga “La Scaloneta” yozuvi tushiriladi. Bu Argentina terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan bosh murabbiy Lionel Skalonining laqabi.
Argentina o‘z tarixida uchinchi marta mundial g‘olibi bo‘ldi. Lionel Messi yettita gol va uchta assist bilan turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrinini ham qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi