
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida «Istana» qarorgohida Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokara o‘tkazgani xabar qilingan edi.
Muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Qayd etilishicha, delegatsiyalar rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida O‘zbekiston-Singapur hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 8 ta hujjat almashildi.
Xususan, ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash, kadrlar, shu jumladan davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar qabul qilindi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy sheriklik hamda ikki mamlakat prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar