28 aprel, kuni II Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Guangzhou Youdi Biotechnology Co., Ltd. kompaniyasi o‘rtasida biotexnologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan 40 mln AQSH dollari qiymatidagi memorandum imzolandi.
Memorandum ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda tayyor uchastkada biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, ikkinchi bosqichda esa laboratoriyalar uchun reaktivlar va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, hamkorlik doirasida biotexnologiya sohasida tadqiqot ishlari olib boriladi, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi amalga oshiriladi, ilmiy va amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar, ko‘rgazmalar, tanlovlar tashkil etiladi.
Memorandum doirasida 2027 yilga qadar Xitoy tomonidan birgalikda faoliyatni amalga oshirish uchun 40 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritiladi.
Ma’lum qilnishicha, mazkur Xitoy kompaniyasi 2010 yilda tashkil etilgan va u immunodiagnostika texnologiyalari, genetik testlar, shu sohalardagi ilmiy-tadqiqot ishlari hamda zamonaviy texnologik tibbiy asboblar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?