O‘zbekiston tijorat banklari 5 iyul holatiga ko‘ra AQSH dollarining kursini oshirdi. Oflayn ayirboshlash shoxobchalariga ega 28 ta bankning yarmidan ko‘pi AQSH valyutasini 11 600 so‘mdan sotmoqda. Oxirgi marta kurs 2022 yil martida ushbu ko‘rsatkichga chiqqandi.
Mamlakatda dollarni eng arzon Madan Invest Bank (11 550 so‘m), shuningdek, Tenge Bank (11 570 so‘m) sotmoqda. Sotib olish kursi 11 485 — 11 540 so‘m oralig‘ida. Hozircha “Sanoat qurilish bank”, “Mikrokreditbank” va “Ipoteka bank” AQSH valyutasini eng qimmat narxda sotib olmoqda.
Markaziy bank kuni kecha dollarning rasmiy kursini 11 541 so‘mgacha ko‘tardi. Bir kun ichida Amerika valyutasining qiymati 6 so‘m 1 tiyinga qimmatlashdi. Spot'ning yozishicha, kursning bunday ko‘tarilishi 2022 yil 24 martda kuzatilgan. O‘shanda 2020 yil aprel oyidan beri birinchi marta dollar kursi bir kunda 100 so‘mdan ko‘proq oshgan. Banklar dollarni 11 385 so‘mdan sotishni boshlagan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring