12:09 / 07.02.2024
45

O‘zbekistonda kripto-aktivlar bo‘yicha provayderlik qilish uchun 9 ta litsenziya berildi

O‘zbekistonda kripto-aktivlar bo‘yicha provayderlik qilish uchun 9 ta litsenziya berildi
Foto: Google Images
O‘zbekistonda 2023 yilda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida provayderlik faoliyatini amalga oshirish uchun 9 ta litsenziya, shu jumladan, bitta kripto-birja, ikkita kripto-depozitariylar va oltita kripto-do‘konlarga litsenziya berildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili kripto-aktivlar aylanmasi sohasida provayderlik faoliyatini amalga oshiruvchilar tomonidan 36,2 milliard so‘m miqdorida davlat boji va yig‘imlari kelib tushgan.

Kapital bozori sohasida 2023 yilning oxirgi 3 oyida agentlik tomonidan 7 trillion 905 milliard so‘mga teng miqdorda aksiyalar va 65 milliard so‘mga teng miqdorda obligatsiyalar chiqarilishi o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Xususan,
  • “O‘zbektelekom” AJ ustav kapitali 6,4 milliard so‘mga oshirilib, aksiyalar 6 ming so‘mdan 10 ming so‘mga qadar oralig‘ida sotuvga qo‘yildi, natijada 33 milliard so‘m miqdorida investitsiyalar jalb etilgan;
  • “O‘zbekinvest” AJ ustav kapitali 14 milliard so‘mga oshirildi;
  • ommaviy IPO o‘tkazilishi maqsadida “O‘zbektelekom” AJ hamda “O‘zbekinvest” AJ aksiyalari chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda mahalliy fond bozorida joylashtirilgan.

Minoritar aksionerlar huquq va manfaatlarini himoya qilish doirasida faqatgina 2023 yil 4-choragida ularga 1,2 milliard so‘mlik dividendlar to‘lanishi ta’minlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslar kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda kripto-aktivlar bo‘yicha provayderlik qilish uchun 9 ta litsenziya berildi