Foto: “Vsegda-pomnim.com”
AQSHning uran importida 2023 yilda O‘zbekiston ulushi 10 foizga yetgan. Bu haqda World Nuclear News manbasi AQSH energetika axboroti ma’muriyati tarqatgan hisobotga asoslanib, ma’lumot berdi.
Manbada aytilishicha, AQSH kommunal xizmatlari 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 27 foizga ko‘proq uran sotib olgan. Uranning aksariyati xorijiy yetkazib beruvchilardan kelgan. Mahalliy xom ashyo esa atigi 5 foizni tashkil etgan.
AQSHning fuqarolik atom energetikasi reaktorlari egalari va operatorlari 2023 yilda 51,6 million funt ekvivalentidagi uran sotib olgan. Bir funt uran uchun o‘rtacha 43,80 dollar to‘langan. Bu qiymat 2022 yildagidan ko‘ra 12 foizga yuqori ekani aytilgan. 2015 yil bilan solishtirganda esa so‘nggi 9 yildagi eng yuqori xarid narxi kuzatilgan.
AQSHga yetkazib berilgan uranning 27 foizi Kanada hissasiga, 22 foizi esa Avstraliya va Qozog‘iston ulushiga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingan. Shuningdek, Rossiya talab qilingan uranning 12 foizini, O‘zbekiston esa 10 foizi yetkazgan. Qolgan kam ulush esa Xitoydan va Afrikadagi hamkorlar hisobiga qoplangan.
Zaruriy uranning 15 foizi qisqa muddatli shartnomalar doirasida yetkazib berilib, 51,64 dollardan narx belgilangan. Ichki iste’molning 85 foizini qoplab beruvchi uzoq muddatli shartnomalarda esa uran funti 42,42 dollardan sotib olinishi belgilab qo‘yilgan.
Yil davomida AQSH atom elektr stansiyalarining egalari va operatorlari boyitish korxonalariga 34 million funt UZO8 tabiiy uran ozuqasini yetkazib berishgan. Buning 39 foizi mahalliy yetkazib beruvchilariga, qolgani esa xorijiy yetkazib beruvchilarga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston dunyoda uran qazib olish bo‘yicha 5-o‘rinda, uning zaxiralari bo‘yicha esa 10-o‘rinda turadi.
Mamlakat 2023 yilda 3300 tonnadan ortiq uran qazib olgan.
O‘zbekistonning uran zaxirasi 131 ming tonnadan ko‘proq bo‘lib, bu butun jahon uran rezervlarining 2 foizini tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi