01:36 / 09.02.2025
36

Firibgarlar DeepSeek nomidan foydalanib, kriptovalyutalarni oʻgʻirlamoqda

Firibgarlar DeepSeek nomidan foydalanib, kriptovalyutalarni oʻgʻirlamoqda
DeepSeek sun'iy intellekt ilovasi ishga tushirilganidan ikki hafta oʻtib, firibgarlar bu nom ostida soxta phishing saytlarini yaratishga kirishdi. Kiberxavfsizlik boʻyicha Memcyco tadqiqotchilari haftaning boshida kamida 16 ta soxta DeepSeek sayti aniqlagan.

Firibgarlar qanday ishlamoqda?
- Soxta saytlar foydalanuvchilarni zararli dasturlar yuklab olishga yoki shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etishga majburlamoqda.
- Ba'zi saytlar real vaqt rejimida foydalanuvchilarning login va parollarini oʻgʻirlaydi.
- Ayrim resurslar zararli dasturlar orqali qurilmalarga masofadan kirish huquqini qoʻlga kiritib, shaxsiy yoki korporativ ma'lumotlarni oʻgʻirlashga uringan.
- Cyble kompaniyasi ham koʻplab DeepSeek nomidan foydalanayotgan soʻxta kriptoloyihalar va mavjud boʻlmagan DeepSeek tokenlarining oldindan sotuvini reklama qilayotgan saytlarni aniqladi.

Bundan tashqari, Positive Technologies tadqiqotchilari PyPI Python kutubxonasida zararli kodga ega boʻlgan "deepseekai" va "deepseek" nomli ikkita zararli paketni aniqladi.

Kriptovalyuta sohasida ham firibgarlik avjida
DeepSeek nomidan yaratilgan SEEK tokeni bir vaqtlar $48 million kapitalizatsiyaga ega edi, biroq keyinchalik narxi 90% ga tushib ketdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot