
2025 yil 1 maydan ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Bu borada Prezidentning «Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 103-son qarori qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu muddatdan «Hamroh» tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 2025 yil 1 maydan xotin-qizlarga «yashil loyihalar» va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga hamda kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan 1 ming nafar «ustoz» tadbirkorlarga 50 million so‘mgacha grant ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
- 2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash;
- 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
- 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish;
- 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish.
Tadbirkor AyollarIjobiy KreditYashil LoyihalarOila Qo‘llabXotin QizlarSenariy Sog‘lomlashtirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar