
22-may kuni bitkoin narxi $111 980 ga yetib, tarixdagi eng yuqori darajasini yangiladi, deb xabar bermoqda finance.mail.ru.
Binance birjasiga ko‘ra, kriptovalyuta narxi 24 soat ichida 4,68% ga oshdi. Moskva vaqti bilan 21:57 da bitkoin 4,33% ga ko‘tarilib, $111 817 ga yetgan.
Haftalik hisobda bitkoin 8,38% ga oshgan. CoinMarketCap portali — 20 dan ortiq birjalardagi o‘rtacha narx asosida — bitkoinni $111 784 (4,46% o‘sish) darajasida qayd etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar