08:26 / 26.11.2016
6 270

Xitoyliklar amerikaliklardan o‘zib ketdilar

Xitoyliklar amerikaliklardan o‘zib ketdilar

Credit Suisse Research Institute’ning Global Wealth Report hisoboti ma’lumotlariga ko‘ra, agar sizning shaxsiy hisob raqamingizda, xoh u bank depoziti, xoh investision sarmoyalar bo‘lsin, soliqlarni chiqarib tashlagandan keyin juda bo‘lmasa 2222 dollar qolsa, unda sizning davlatingiz sayyoramiz aholisining 50 foizinikidan ko‘proq bo‘ladi.

Agar siz 71,56 ming dollarga ega bo‘lsangiz, unda o‘zingizni badavlatlik piramidasining eng yuqori cho‘qqisiga qo‘yishingiz mumkin. Agar 744,4 ming dollaringiz bo‘lsa, unda siz juda boy bo‘lganingiz uchun butun dunyoda norozilik uyg‘otuvchi 1 foiz kishilar qatoridasiz.

Credit Suisse tadqiqotchilari butun dunyodagi odamlarning aktivlari 2016 yil o‘rtasida 256 trln dollarni tashkil qilgani haqidagi fikrga keldilar. Bu esa bir yil ichidagi dunyo yalpi ichki mahsulotidan 3,4 marotaba ko‘proqdir.

Agar bu boylik sayyoramizning butun aholisi orasida teng taqsimlansa, unda har bir kishiga 52,819 ming dollardan to‘g‘ri kelar ekan. Biroq aslida sayyoramiz aholisining bor-yo‘g‘i o‘ndan bir qismigina bu boylikning 89 foiziga egalik qiladi.

Aholining badavlat qatlamiga hozirda 44 mln xitoylikni kiritish mumkin, bu sayyoramizning katta yoshdagi aholisining 4,4 foizini tashkil qiladi. Xitoyning katta yoshdagi aholisining deyarli yarmi badavlatik shkalasining 2-4-pog‘onalariga mos keluvchi boylikka ega.

Tadqiqot davomida aniqlangan qiziqarli fakt shu bo‘ldiki, 21 mln dan ko‘proq amerikalik o‘z boyligidan oshadigan qarzga ega ekanlar. Biroq umuman olganda, amerika millati o‘ziga to‘q hisoblanadi. AQShning 40 foiz katta yoshdagi aholisi o‘zlarini eng badavlat kishilar qatoriga kiritishi mumkin. Ulardan 18 mln nafari esa sayyoramizning eng boy 1 foiz aholisi qatoridan joy olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoyliklar amerikaliklardan o‘zib ketdilar