Xiaomi vise-prezidenti Xyugo Barra Reuters bilan suhbatda nima uchun uning kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab smartfonlar sotuvining pasayishidan (12 foizga) u qadar zarar ko‘rmasligiga izoh berdi.
"Biz smartfonlarni ishlab chiqarishdan foyda ko‘rmaymiz. Bizni ko‘proq uzoq muddatli daromad manbalari qiziqtiradi. Kompaniya 10 milliardlab smartfon sotib, bundan umuman foyda ko‘rmasligi mumkin".
Xyugo Barra, Xiaomi vise-prezidenti
Barraning so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi o‘zining boshqa turdagi mahsulotlari - dasturiy ta’minot, servislar va "aqlli uy"dan daromad olishga umid qilmoqda.
TechCrunch'da ta’kidlanishicha, Xiaomi kompaniyasining ishga yondashuvi u ko‘pincha qiyoslanadigan Apple'ga emas, Amazon'ga yaqinroq. Xiaomi o‘z qurilmasini minimal narxda sotadi, sotuvdan tushgan pullar faqat ularni ishlab chiqarish va etkazishni qoplaydi. Amazon bir martagina o‘z telefoni sotuvini yo‘lga qo‘yganda muvaffaqiyatsizlikka duch keldi, Xiaomi qurilmalari esa xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi.
Bugungi kunda smartfonlar sotuvidan daromad ko‘rayotgan yagona kompaniya - Apple. 2016 yilning uchinchi choragida bu sohadagi operasion daromadning 104 foizi unga to‘g‘ri keldi (raqamlarning 100 foizdan yuqoriligiga sabab - raqiblarning bu borada tanazzulga uchraganligi). Samsung bu bozorda o‘z smartfonlarining 20 foizini sotgan bo‘lsa-da, u umumiy operasion daromadning atigi 0,9 foiziga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi