date

NVIDIA kapitalizatsiyasi $4 trlnni oshdi

NVIDIA kapitalizatsiyasi $4 trlnni oshdi
Amerikalik grafik protsessor ishlab chiqaruvchi NVIDIA tarixda ilk marta kapitalizatsiyasini $4 trilliondan oshirdi, deb RBC.ru xabar berdi.

Ushbu natija bilan NVIDIA dunyodagi eng qimmat ochiq aksiyadorlik kompaniyasiga aylandi. TradingView ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya bozor qiymati bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.

NASDAQ birjasida 9 iyul kuni soat 16:48 da NVIDIA (NVDA) aksiyalari 2,76% ga oshib, $164,41 ga yetdi va kompaniya umumiy qiymati $4,02 trillionga yetdi.

Reuters agentligi yozishicha, kompaniya aksiyalariga talab sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqish fonida keskin oshgan. Aksiyalar aprel oyidagi minimumdan beri 74% ga oshgan.

Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan import bojlari haqidagi yangiliklar bozorda salbiy kayfiyat yaratgan bo‘lsa-da, so‘nggi vaqtlarda AQSh va savdo hamkorlari o‘rtasidagi kelishuvlar aksiyalar narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » NVIDIA kapitalizatsiyasi $4 trlnni oshdi