Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha yig‘ilishni keyinroqqa qoldirdi, deb Kursiv.uz xabar berdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avval ushbu yig‘ilish 24-iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Bank qarori mamlakatning asosiy savdo hamkorlaridan olinadigan muhim iqtisodiy ma’lumotlar faqat iyul oyining oxirida e’lon qilinishi bilan izohlandi.
Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va prognozlar tayyorlashda hisobga olish zarurligini ta’kidladi. Yig‘ilishning yangi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar