date

Google’ning AI dasturiga qabul qilingan ilk o‘zbek kompaniyasi...

Google’ning AI dasturiga qabul qilingan ilk o‘zbek kompaniyasi...

“Heemera” xususiy korxonasi nufuzli “Google Accelerator: AI First Program” dasturi ishtirokchilari qatoriga kiritildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) rasmiy ravishda ma’lumot tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, shu tariqa “Heemera” Google’ning mazkur dasturiga qabul qilingan ilk o‘zbekistonlik kompaniya sifatida tarixda qoldi.

Akselerator dasturining imkoniyatlari orqali kompaniya Google mutaxassislari va butun ekotizimining texnik hamda biznes tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, ularga individual ko‘mak, maxsus treninglar, tajribali murabbiylar maslahati va mahsulot rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar taqdim etiladi.

Dastur doirasida “Heemera” Google jamoasi bilan hamkorlik qilib, blokcheyn tahlili, kriptovalyutalarga oid tergov ishlari va kripto-aktivlarni qaytarish bo‘yicha sun’iy intellekt yechimlarini yanada takomillashtiradi. Shuningdek, kompaniya o‘z faoliyatini xalqaro miqyosda kengaytirishga qaratilgan qadamlarni ham amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, “Heemera”ning ushbu nufuzli dasturga qabul qilinishi O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi hamda sun’iy intellekt sohasidagi innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa mamlakatning kriptoindustriya va zamonaviy texnologik yechimlar bo‘yicha mintaqaviy markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Google’ning AI dasturiga qabul qilingan ilk o‘zbek kompaniyasi...