Joriy yilning 18 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining mazmun va mohiyati haqida so‘z yuritilib, bu borada O‘zLiDeP fraksiyasi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Deputatlarning ta’kidlashicha, mazkur farmonning e’lon qilinishi xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etishga xizmat qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, farmonga muvofiq, Xalq qabulxonalarining respublikamiz bo‘yicha butun bir tizimi tashkil etilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jismoniy shaxslar uchun ham, yuridik shaxslar uchun ham bir qator qulayliklar yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Oybek Egamov: - jumladan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni qonunga muvofiq belgilangan muddatlarda, sifatli va xolisona ko‘rib chiqish imkoniyati yaratiladi, ya’ni Xalq qabulxonalarining har bir tuman va shaharda tashkil etilayotganligi har bir qabulxonada ish hajmining keskin ortib ketishining oldi olinadi. Shunindek, murojaatlar mazmunining ko‘proq hududiy xarakterga ega ekanligidan kelib chiqqan holda, murojaatda ko‘tarilgan masalaning murojaat qilgan fuqaro yashaydigan yoxud yuridik shaxs joylashgan tuman yoki shaharning o‘zida hal etilishini ta’minlanadi. Bu esa, murojaatlarning tegishliligi bo‘yicha yuborilishi, qo‘shimcha muddatlarning talab qilinishi kabi holatlarning oldini oladi.
Bundan tashqari, bunday qabulxonalarning tashkil etilishi xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, bu orqali murojaat qiluvchi shaxslarning muammolari bilan yaqindan tanishish va ularni hal qilinishiga ko‘maklashish imkoniyatlarini yaratadi. Mazkur omillar bir butunlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan talablar doirasida, o‘z vaqtida va sifatli, xolisona ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, mazkur qabulxonalarning faoliyatini tashkil etish orqali Konstitusiyamizda qayd etilgan davlatning xalq irodasini ifoda etishi, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi tamoyili hayotga izchil tatbiq etiladi.
Fraksiya a’zolari kun tartibidagi masalaga partiya pozisiyasi nuqtai nazaridan yondashib, mazkur farmon barcha sohalar qatori tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga xalaqit berayotgan to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etishga xizmat qilishini ta’kidlashdi. Chunki, endilikda aholi, xususan tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan muammoli masalalar tezda o‘z echimini topadi. Ularning murojaatiga qisqa fursatda tez, aniq va eng muhimi amaliy jihatdan ko‘maklashiladi. Zero, O‘zLiDeP ham tadbirkorlar erkinliklarini ta’minlash uchun iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy sharoit va kafolatlar yaratilishi, mazkur qatlam faoliyatining har tomonlama rag‘batlantirilishi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy mustaqil bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi mavjud to‘siqlarning bartaraf etilishi tarafdoridir.
Farmonda nazarda tutilgan Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi esa, mazkur sohadagi muammolarni, murojaatlarni hal qilishning samarali mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.
Yig‘ilishda farmonning yana bir muhim jihatiga e’tibor qaratildi. Ya’ni, unda murojaatlarga asos bo‘lgan tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan doimiy tahlillar o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Bunday tahlillarning o‘tkazilishi, shubhasiz qonunlarni qabul qilish va ularni qo‘llash amaliyotida, bu orqali esa mamlakatimizda shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyati asoslarini yanada mustahkamlash borasida bir qator ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Birinchi navbatda, ushbu tahlillar qabul qilingan qonunlarning ijrosi masalasida mavjud muammolarni yuzaga chiqarib beradi. Xususan, bunday omillar mavjud muammoning qonunchilikdagi bo‘shliqlar bilan yoxud uning ijrosini ta’minlashga mas’ul idoralar yoki shaxslarning xatti-harakatlari bilan bog‘liqligini yaqqol namoyon qilib bersa, ikkinchi tomondan, murojaatga asos bo‘lgan muammoning ijobiy hal qilinishi bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqishga imkon beradi. Bu esa, shu yo‘sindagi barcha murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal qilish borasida amaliy dastur vazifasini o‘taydi. Qolaversa, bunday tahlillar joylarda davlat xizmati ko‘rsatayotgan kadrlarning salohiyatini ko‘rsatib beradiki, bu esa, amalda kadrlar siyosati bilan bog‘liq islohotlarni samarali davom ettirishga turtki bo‘ladi. Zero, farmonda ta’kidlab o‘tilganidek, Xalq qabulxonalari kadrlar tarkibini aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, shuningdek, ma’naviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish va mustahkamlab borishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Yig‘ilishda, shuningdek fraksiya vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi va O‘zLiDeP fraksiyasining tegishli qarori qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi