Treyder bir necha kunda million dollarga yaqin foyda qildi

Iqtisodiyot1 daqiqa o'qish6K
Treyder bir necha kunda million dollarga yaqin foyda qildi

Kriptovalyuta bozorida kuzatilgan navbatdagi muvaffaqiyatli savdo operatsiyasi ko'pchilikning e'tiborini tortdi. On chain ma'lumotlariga ko'ra, 0xC45A manziliga ega treyder Ethereum aktivlari bilan amalga oshirgan operatsiyasi orqali qisqa muddatda katta miqdorda daromad olishga muvaffaq bo'ldi.

Aniqlanishicha, 2024 yil 24 fevral kuni treyder birjadan 3 000 dona Ethereum valyutasini sotib olgan. O'sha vaqtda bitta tanga narxi taxminan 1 853 dollarni tashkil etgan va umumiy bitim qiymati 5,56 million dollarga yetgan. Treyder o'z strategiyasini to'g'ri tanlab, aktivlar narxi ko'tarilishini kutgan.

Oradan bir necha kun o'tib, aniqrog'i 11 soat avval, xuddi shu 3 000 dona Ethereum yana birjaga qaytarilgan. Bu safar kriptovalyuta narxi 2 183 dollar atrofida bo'lgan. Natijada treyder klassik arzon olib qimmat sotish usuli orqali atigi bir necha kun ichida 991 ming dollar sof foyda ko'rdi. Ushbu ma'lumotlar Blockchain Texno telegram kanali tomonidan e'lon qilindi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?