O‘zbekiston importi to‘rt oyda 26,7 foizga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi import hajmi 16,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 26,7 foiz ko‘p.
Yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekiston dunyoning 150 dan ortiq davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Mamlakatga turli xil tovarlar va xizmatlar olib kirilgan.
Import hajmi bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 5,3 milliard dollarlik tovar va xizmatlar import qilingan. Keyingi o‘rinlarda 3,1 milliard dollar bilan Rossiya va 1,4 milliard dollar bilan Qozog‘iston turibdi.
O‘zbekiston importida yetakchi bo‘lgan davlatlar:
• Xitoy — 5,3 milliard dollar
• Rossiya — 3,1 milliard dollar
• Qozog‘iston — 1,4 milliard dollar
• Koreya Respublikasi — 620,9 million dollar
• Turkiya — 559,2 million dollar
• Hindiston — 369,7 million dollar
• Birlashgan Arab Amirliklari — 361,1 million dollar
• Germaniya — 359,2 million dollar
• Belarus — 274,8 million dollar
• Turkmaniston — 262,2 million dollar




























Izohlar 0
…