Rossiya O‘zbekistonning ayrim meva-sabzavotlari importiga cheklov joriy etdi

Rossiya O‘zbekistonning beshta eksportchisi tomonidan yetkazib berilayotgan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga import cheklovini kiritdi. Bu haqda "Rosselxoznadzor" ma’lum qildi.
Idora qarori karam, piyoz, ukrop, petrushka, uzum, lavlagi va pomidor mahsulotlarini qamrab olgan. Ularni Rossiya hududiga olib kirishga vaqtincha cheklov belgilangan.
Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, mazkur eksportchilar mahsulotlarida fitosanitariya qoidalari bilan bog‘liq kamchiliklar boshqalarga nisbatan ko‘proq aniqlangan. Shu sababli cheklov aynan ushbu beshta yetkazib beruvchiga nisbatan qo‘llangan.
Qaror O‘zbekistondan yuborilayotgan barcha meva va sabzavotlarga tegishli emas. Cheklov faqat qoidabuzarliklar qayd etilgan eksportchilar va ular yetkazib beradigan mahsulotlarga taalluqli.























Izohlar 0
…