Selena Gomes 34 yoshni qarshi oldi! Uni mashhur qilgan loyihalar

Selena Gomes 34 yoshni qarshi oldi! Uni mashhur qilgan loyihalar

AQSHning Texas shtatida 1992 yil 22 iyulda tug‘ilgan Selena Gomes 34 yoshni qarshi oldi. Xonanda, aktrisa va prodyuser tug‘ilgan kuni munosabati bilan muxlislaridan ko‘plab tabriklar qabul qildi.

Selena Gomes "Sehrgarlar Ueyverli-Pleysdan" serialidagi Aleks Russo obrazi bilan keng tanilgan. Keyinchalik u musiqa sohasida ham faoliyat boshlab, "Come and Get It", “Love You Like a Love Song” va “Lose You to Love Me” kabi qo‘shiqlarni taqdim etdi. Rema bilan ijro etilgan "Calm down" taronasi ham uning eng mashhur hamkorliklaridan biriga aylandi.

Gomes "Rare Beauty" kosmetika brendi asoschisi hisoblanadi. U "Faqat binodagi qotilliklar" serialida aktrisa va ijrochi prodyuser sifatida qatnashib, bir necha bor "Emmy" mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar