
Jahondagi eng mashhur kriptovalyuta — bitkoin tarixiy maksimumini yangiladi: uning kursi birinchi marta 4 ming dollardan, kapitalizasiyasi esa 67 milliard dollardan oshdi. Buni «CoinMarket.com» maydonchasidagi sotuvlar natijalari ko‘rsatmoqda, deb yozadi «Daryo» nashri.
Bitkoin kriptovalyutalar ichida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bir sutka ichida u 9,21 foizga qimmatlashdi.
Ikkinchi o‘rinda Ethereum (efir) nomli valyuta turibdi. Uning kursi ayni paytda 297 dollarni tashkil qilmoqda, kapitalizasiyasi esa 28 milliard dollarga yaqinlashmoqda.
Nihoyat, kriptovalyutalarning kuchli uchligiga Ripple yakun yasab beradi. Uning kapitalizasiyasi 6,5 milliard dollarni tashkil etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar