18:52 / 01.09.2017
5 318

Xitoy «aqlli iqtisodiyot» bo‘yicha ham birinchi bo‘ladimi?

Xitoy «aqlli iqtisodiyot» bo‘yicha ham birinchi bo‘ladimi?
Goldman Sachs’ning fikricha, Xitoyda sun’iy idrok va mashinali o‘qitish asosida iqtisodiy modelni yaratish uchun resurslar yetarli. Bu haqda CNBC bankning «Xitoyning sun’iy idrok sohasidagi o‘sishi» hisobotiga asosan xabar bermoqda.

Goldman Sachs’dan bashorat qilishlaricha, sun’iy idrok Xitoy uchun ustuvor yo‘nalishga aylanadi va mamlakat hukumati bu sohani ham mintaqaviy, ham milliy darajada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat olib boradi.

Shuningdek, sun’iy idrok texnologiyalarini ishlab chiqishni moliyalashtirish ham oshiriladi.

Aniqlik kiritilishicha, davlat bu sohani rivojlantirish uchun mutaxassislar, ma’lumot, infratuzilma va hisoblash quvvatlariga ega bo‘lishi lozim.

Bankdan ta’kidlashlaricha, Xitoy uchta shartni bajarib bo‘ldi: unda kadrlar, ma’lumotlar va infratuzilma bor. Xitoy kompaniyalari AQShning AT-gigantlariga taqlid qilmoqda va tadqiqot markazlarini ochishmoqda, kompaniyalar Amerika tuzilmalaridagi kabi maoshlarni ham taklif etishmoqda. Xitoyning yirik AT-kompaniyalari o‘zlarining onlayn-ekotizimlarini yaratishdi, ular mamlakat aholisining har kunlik hayoti bir qismiga aylanib bormoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy «aqlli iqtisodiyot» bo‘yicha ham birinchi bo‘ladimi?