22:08 / 11.09.2017
6 167

Xalqaro reyting agentligi: so‘m — qadrsizlanishdan holi

Xalqaro reyting agentligi: so‘m — qadrsizlanishdan holi
Xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan baho banklarning investitsiyalar qabul qilishida muhim o‘rin egallaydi.

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi mutaxassislari O‘zbekistonning uch banki (“O‘zsanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipak yo‘li banki”) davlat kapitali bilan ta’minlanganligi sababli, so‘mning qadrsizlanishi imkoniyati past ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, yana to‘rt bank (“Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Trastbank”, “Universalbank”) ham ijobiy ko‘rsatkichga ega ekanini aytib o‘tgan.

Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston banklarining kapitali, yuqori valyuta kredit portfeli ko‘rsatkichlari tufayli, so‘mning devalvatsiyasi salbiy oqibatidan himoyalangan.

Milliy valyutaning qo‘qqisdan qadrsizlanishi, katta hajmda AQSh dollari nominalidagi mablag‘ga ega hamda valyuta kreditlashda yuqori ulushga ega banklarning kapitaliga o‘rtamiyona ta’sir ko‘rsatishi aytib o‘tilgan.

O‘zsanoatqurilishbank, Asaka, Mikrokreditbank va Agrobank muntazam ravishda davlat kapitali bilan qo‘llab-quvvatlanadi, rekapitalizatsiya dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Moliya vazirligi tomonidan 500 million dollar va 1,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ma’lumot uchun, 5 sentyabrdan O‘zbekistonda valyuta siyosati liberallashtirilib, Markaziy bank fuqarolarga erkin ravishda so‘m va xorijiy valyutani almashtirishga ruxsat berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy bankning kursi avvalgidek, har dushanba kuni o‘tgan hafta davomida valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning o‘rtacha qiymati darajasida belgilanadi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xalqaro reyting agentligi: so‘m — qadrsizlanishdan holi