10:02 / 22.01.2018
5 989

Konvertatsiyadan so‘ng banklarda naqd pul tushumi salkam ikki barobarga oshdi

Konvertatsiyadan so‘ng banklarda naqd pul tushumi salkam ikki barobarga oshdi
O‘zbekistonda valyuta bozorining erkinlashtirilishi naqd va naqdsiz pul o‘rtasidagi tafovutga va ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni naqd pulsiz sotib olishdagi mavjud muammolarga barham berdi. Bu haqida Markaziy bank sharhiga asoslanib Xabar.uz ma’lum qildi.

Buning natijasida savdo va pullik xizmat ko‘rsatish sohasidagi sub’ektlar tomonidan naqd pullarni bank kassalariga topshirish holati sentyabr oyidan boshlab sezilarli darajada ko‘paygan.

Shuningdek, import bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga xorijiy valyutani sotib olish imkoniyatini yaratilishi ularning naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirilishini rag‘batlantirmoqda.

Xususan, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yanvar-iyun oylarida bank kassalariga oyiga o‘rtacha 187 mlrd. so‘m naqd pul topshirilgan bo‘lsa, shundan 43 mlrd. so‘mi (23 foizi) qaytarib olingan.

Sentyabr oyidan boshlab yakka tadbirkorlarning bank kassalaridan olayotgan naqd pullari hajmi o‘zgarmagan holda topshirilgan naqd pullari oyiga o‘rtacha 329,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu yanvar-iyun oylarida o‘rtacha bir oyga nisbatan 142 mlrd. so‘mga (76 foiz) oshdi.

Shuningdek, 2017 yil yanvar-iyun oylarida aholi tomonidan banklarga oyiga o‘rtacha 350 mlrd. so‘m miqdoridagi naqd pullar omonatlarga qo‘yilgan bo‘lib, uning 212 mlrd. so‘mi (61 foizi) shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda qaytarib olingan va 138 mlrd. so‘mi bank hisobvaraqlarida qolgan.

Oktyabr-dekabr oylarida esa oyiga o‘rtacha 562 mlrd. so‘m miqdorida naqd pullar topshirilgan bo‘lib, shundan 246 mlrd. so‘mi (44 foizi) qaytarib olingan va 316 mlrd. so‘mi bank hisobvaraqlarida qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Konvertatsiyadan so‘ng banklarda naqd pul tushumi salkam ikki barobarga oshdi