22:02 / 05.03.2018
5 315

Yaqin kelajakda neft bozorini qaysi mamlakat boshqarishi aytildi

Yaqin kelajakda neft bozorini qaysi mamlakat boshqarishi aytildi
AQSH yaqin besh yilda xalqaro neft bozorida hukmronlik qiladi. Mamlakat 2020 yilgacha jahon talabining 80 foizini qoplaydi, deb xabar beradi “Qalampir” nashri Xalqaro energetika agentligi (XEA) taxminlariga iqtibos keltirib.

XEA taxminlariga ko‘ra, kelgusi besh yilda OPЕKdan tashqari neft qazib olish 2023 yilda sutkasiga 5,2 million barrelga (b/s) ko‘payib, 63,3 million b/s ga yetadi.

Shuningdek, AQSHda neft qazib olish 2023 yilda 2,7 million b/s ga ko‘payib, 12,1 million b/s ga yetadi. Slanesli neft qazib olish an’anaviy neft yetkazib berishni ko‘proq qoplay boshlaydi.
AQSHning jahon neft bozoridagi ta’siri kuchayadi. mamlakatning neft eksport qilishi ikki baravar ko‘payib 2023 yilda 4,9 million b/s ga yetadi, deb hisoblamoqda XEA.

Jahonning neftga ehtiyoji 2023 yilga borib 6,9 million b/s ko‘payib 104,7 million b/s ga yetadi. Xitoy “talabning asosiy motori” bo‘lib qoladi, deb ta’kidlamoqda agentlik.

OPЕK va Rossiya o‘tgan yilning 30 noyabrida neft ishlab chiqarishni kamaytirish to‘g‘risidagi bitimni 2018 yil oxiriga qadar uzaytirishga kelishib oldilar.

Kelishuv ishtirokchilarining maqsadi Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti davlatlari neft zahiralarini oxirgi besh yillik darajasiga qaytarish va neft narxini ushlab turishdan iborat, deb belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yaqin kelajakda neft bozorini qaysi mamlakat boshqarishi aytildi